Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya markazining yangi majmuasida ommaviy axborot vositalari uçun press-tur taşkil etildi. Tadbirda mutasaddilar onkologiya xizmatlari narxi kelgusi yillardan bosqiçma-bosqiç pasaytirilişini ma’lum qildi.
23 dekabr kuni uşbu markazda ommaviy axborot vositalari uçun press-tur taşkil qilindi. Tadbirda Soğliqni saqlaş vazirligi mutasaddilari, tegişli taşkilotlar va OAV vakillari iştirok etdi.
Ta’kidlanişiça, uşbu majmua Respublika onkologiya markazi va uning Toşkent şahar filialini birlaştirgan yagona muassasa hisoblanadi. 650 öringa möljallangan yangi bino xalqaro standartlar asosida loyihalaştirilgan. Markazda diagnostika, kimyoterapiya, radioterapiya, jarrohlik, palliativ va reabilitatsiya xizmatlari bir joyda körsatiladi. Yevropa va AQŞ standartlari asosida taşkil etilgan 17 ta yangi klinik bölim, 66 ta reanimatsiya örni, 100 ta kunduzgi kimyoterapiya va 17 ta jarrohlik xonasi, 42 ta reanimatsiya va intensiv terapiya xonalari bor.
Press tur davomida şu kunlarda keng muhokamalarga sabab bölgan şahar onkologiya şifoxonasining respublika markaziga qöşilişi masalasiga ham töxtalib ötildi. Toşkent şahar soğliqni saqlaş boş boşqarmasi boşliği v. b. Botirbek Isabekov şahar filiali xodimlarining barçasi iş bilan ta’minlanişi va kompensatsiya tölovlari amalga oşirilişini aytdi:
“Şahar onkologiya dispanserida işlagan barça xodimlarga kompensatsiya va tölovlar tölab beriladi. Buning hisob-kitobi qilinyapti, öylaymanki yanvar oyining 1-haftasida ularning qöliga töliq kompensatsiyalar beriladi.
Xodimlarning işga kelib-ketiş masalasiyam inobatga olindi. Toşkent şahar hokimligi va Toşkent transport boş boşqarmasi bilan bu masalada işladik. Avtobus bekati taşkil qilinib, 4 ta avtobus yönalişi yölga qöyildi: 28-avtobus (Rohat metrosidan), 138-avtobus (Beruniy metrosidan Bunyodkor mahallasiga), 121-avtobus (Çinni bozor), 34-avtobus (Çilonzor metro)”.
Markaz rahbari Sedat Kayaning ta’kidlaşiça, tölovli xizmatlar narxi yanada pasayişi kutilmoqda.
“Soğliqni saqlaş vazirligining pulli xizmatlar böyiça tasdiqlagan normativlari bor. Bemorlar şu kunga qadar qaysi xizmatlar uçun tölov qilişgan bölsa, şunday davom etadi.
10 noyabr kuni prezident iştirokidagi yiğilişda mana şu narxlarni tuşiriş haqida topşiriq berildi. Yangi onkologiya markaziga juda katta investitsiya kiritilgan va bu xarajatlarni hisobga olgan holda Moliya vazirligi bilan kelişuvga erişdik. 2026 yilning 1 yanvaridan boşlab mavjud belgilangan narxlar yanada pasaytiriladi. Barça konsultativ yoki boşqa xizmatlar ham xususiy klinikalardagi narxlardan ança arzon böladi.











