Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Garvard universiteti qoşidagi Dana-Farber saraton instituti (DFCI) mutaxassislari hamkorligida yangi ijtimoiy-soğliqni saqlaş loyihasi işlab çiqildi.
Uşbu loyihaga köra, DFCIning moliyaviy-texnik kömagi asosida onkologik kasalliklarni barvaqt taşxislaş va davolaş dasturining pilot bosqiçi sifatida Asaka tumanida “Zamonaviy skrining orqali kolorektal saratonni erta aniqlaş” taşabbusi muvaffaqiyatli amalga oşirildi.
Loyihaning öziga xosligi şundaki, u an’anaviy murakkab tekşiruv usullari örniga samaradorligi isbotlangan hamda invaziv bölmagan (jarrohlik yoki içki aralaşuvsiz) immunokimyoviy test (FIT) usuli işlatilişi orqali onkologik kasalliklarini ilk bosqiçlarda, hatto heç qanday alomatlar sezilmagan paytda ham aniqlaş imkonini beradi.

Taşabbus doirasida aniqlangan xavf guruhlari keyingi bosqiçda zamonaviy diagnostik kolonoskopiya tekşiruvlaridan ötkazilib, töliq nazoratga olinadi.
Loyihani muvaffaqiyatli amalga oşiriş uçun DFCI instituti tomonidan insonparvarlik yordami sifatida 100 dan ortiq zamonaviy FIT test töplamlari, yuqori aniqlikdagi FIT analizator (avtomatlaştirilgan rider), maxsus lateks reagentlari, bufer eritmalari, kalibratorlar va nazorat materiallari Andijon viloyati uçun beğaraz taqdim etilmoqda. Uşbu texnik jihozlar mahalliy laboratoriya şaroitida eng murakkab tahlillarni qisqa vaqt içida va yuqori aniqlikda ötkaziş imkonini beradi.

Xorijiy grant faqatgina uskunalar bilan çeklanib qolmay, balki yuqori malakali kadrlar tayyorlaşni ham öz içiga olgan. Xususan, Garvard universitetining taniqli onkologlari Timoti Rebberk va Anna Lyu boşçiligidagi xalqaro ekspertlar delegatsiyasi şu kunlarda Asakada bölib turibdi.
Taşrif doirasida amerikalik mutaxassislar mahalliy şifokorlar uçun maxsus treninglar va mahorat darslari taşkil etib, skrining dasturini boşqariş, natijalarni tahlil qiliş va zamonaviy davolaş protokollarini joriy etiş böyiça öz tajribalari bilan örtoqlaşdi.













