20 yanvar kuni ötkazilgan taqdimotda respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy markazlar va klinikalar faoliyatini örganiş natijalari haqida axborot berildi.
Qayd qilinişiça, işçi guruhlar 2025 yil sentabr-dekabr oylarida 37 ta respublika darajasidagi tibbiyot markazlari va klinikalar faoliyatini kompleks örganib, qator taşkiliy va boşqaruv kamçiliklarini aniqlagan. Ularni bartaraf etiş uçun 27 ta banddan iborat çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilgan bölib, u tibbiy xizmat sifatini oşiriş, hududlar bilan işlaşni tizimli yölga qöyiş, boşqaruv tizimini takomillaştiriş, kadrlar salohiyati va ilmiy-tadqiqot faoliyati, moliyaviy intizom va resurslardan samarali foydalaniş yönalişlarini qamrab oladi.
Soğliqni saqlaş tizimini isloh qilişda xorijiy ekspertlarni jalb etiş masalasi ham muhokama qilindi.
Jamoat salomatligi, soğliqni saqlaşni rejalaştiriş va milliy laboratoriya tizimini isloh qiliş böyiça texnik şartlar işlab çiqilgan bölib, mazkur çora-tadbirlarni amalga oşirişda 25 ta xalqaro va 19 ta mahalliy ekspertni jalb qiliş taklif etildi.
Şuningdek, Respublika onkologiya markazi va uning hududiy filiallarini modernizatsiya qiliş loyihasi taqdimot qilindi.
2021 yilda Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda “Özbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qiliş (II bosqiç)” loyihasi doirasida markazning yangi majmuasi va uning 13 ta filiali uçun jami 61 million dollarlik 119 turdagi tibbiy uskunalar xarid qilingan. Yana 5,6 million dollar hisobiga qöşimça 5 turdagi uskunalar xarid qilinişi nazarda tutilgan.
Bunga qöşimça ravişda jalb qilinadigan 10 million dollar hisobidan markaz uçun 80 turdagi 1027 dona tibbiy jihozlar, şuningdek, radiofarmatsevtik mahsulotlar işlab çiqarişga möljallangan siklotron va radiosintez laboratoriyasini xarid qiliş taklif etildi.
Şuningdek, davlat rahbariga farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş, aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta’minlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida axborot berildi.
Farmatsevtika tarmoği hozirda sanoatimizning yuqori sur’atlarda ösib borayotgan yönalişlaridan biriga aylanmoqda. Bugungi kunda tarmoqda 2,3 milliard dollarlik 156 ta loyiha amalga oşirilmoqda, 2025 yilda 362 million dollarlik xorijiy investitsiyalar özlaştirildi hamda 2,4 mingdan ziyod yangi iş örinlari yaratildi.












