Bolalar milliy tibbiyot markazi gematologiya va onkologiya bölimi mudiri Kamol Iskandarov Özbekistonda yölga qöyilayotgan yangi tibbiy amaliyotlar haqida ma'lumot berdi.

Unga köra, Özbekistonda yuqori dozada kimyoterapiya va özak hujayralarni köçirib ötkaziş amaliyoti hozirgaça ötkazilmagan.

«Bolalar milliy tibbiyot markazida xalqaro protokollar asosida davolaşni yölga qöydik. Gematologiya va onkologiya bölimida yaqinda yuqori dozadagi kimyoterapiya amalga oşirila boşlandi.

Juda qimmat hisoblangan jarayon – özak hujayralarni köçirib ötkaziş amaliyotini tatbiq qiliş ham rejalaştirilgan. Bu 2022–2023 yillarda amalga oşiriladi. Buning uçun normativ hujjat qabul qilinişi, maxsus izolyatsion bokslar, özak hujayralarni ajratib oliş, ularni saqlaş, amaliyotdan keyingi asoratlarni bartaraf etiş böyiça bölimlar taşkil qilinişi kerak. Şundan keyin bu amaliyotni ötkaziş mumkin böladi.

Mazkur amaliyot davolaniş uçun xorijga ketişga majbur bölayotgan bemorlarni şu yerda tuzatiş imkonini beradi», – dedi Iskandarov Kun.uz'ga bergan intervyusida.

Ma'lumot uçun, özak hujayralarni köçirib ötkaziş (suyak kömigi transplantatsiyasi) amaliyoti oğir qon kasalliklarini davolaşda asosiy çoralardan biri hisoblanadi.