AQŞning Fuqaro aviatsiyasi federal boşqarmasi (FAA) United Airlines aviakompaniyasining Pratt & Whitney PW4000 dvigateliga ega Boeing 777 samolyoti bilan yuz bergan falokatdan keyin bu turdagi samolyotlarni tekşirişni talab qildi. Samolyot 21 fevralda Kolorado ustidan uçayotganda dvigateli işdan çiqib, qoplamasi bölaklari aholi yaşaydigan hududga tuşgan. Aviakompaniya şundan keyin bunday dvigatelli 24ta Boeing 777 samolyotini foydalanişdan olgan.
Yaponiya hukumati ham xuddi şu turdagi dvigatelga ega Boeinğlar ekspluatatsiyasini töxtatişga qaror qildi va FAA bilan birga tegişli ma'lumotni töplamoqda. Rasmiy Tokio bunday samolyotlarga ega mahalliy aviakompaniyalar All Nippon Airways va Japan Airlines aviakompaniyalarini uşbu taqiqlovdan xabardor qildi.
21 fevralda bortida 231 yölovçi va ekipajning 10 a'zosi bölgan Boeing 777-200 samolyotining dvigatellaridan biri parvoz vaqtida işlamay qolgandi. Dvigatelning qoplamasi bölaklari undan ajralib ketib, aholi yaşaydigan hududga tuşgan. Şundan keyin samolyot bir dvigatelda qönişga muvaffaq bölgan. Voqea oqibatida heç kim jabrlanmagan.
OAV ma'lumotlariga köra, dvigatel alangalangan.








