Boeing kompaniyasi aviataşuvçilarga Pratt & Whitney PW4000-112 dvigatellariga ega 777 rusumidagi samolyotlardan foydalanişni vaqtinça töxtatib turişni tavsiya qildi.

"Boeing United Airlines aviakompaniyasining 328-reysi bilan sodir bölgan voqeani diqqat bilan örganmoqda. Tekşiruv tugaguniga qadar Pratt & Whitney PW4000-112 dvigatellariga ega 777 rusumidagi samolyotlardan foydalanişni vaqtinça töxtatib turişni tavsiya qildik", - deyiladi kompaniya saytida.

Avvalroq AQŞning Denver şahrida bortida 231 yölovçi va ekipajning 10 a'zosi bölgan Boeing 777-200 samolyotining dvigatellaridan biri parvoz vaqtida işlamay qolgandi. Dvigatelning qoplamasi bölaklari undan ajralib ketib, aholi yaşaydigan hududga tuşgan.

Şundan söng AQŞ Fuqaro aviatsiyasi federal boşqarmasi (FAA) Pratt & Whitney PW4000 dvigateliga ega Boeing 777 samolyotlari tekşirilişini e'lon qildi.

Öz navbatida Yaponiya transport vazirligi ham xuddi şu turdagi dvigatelga ega Boeinğlar ekspluatatsiyasini töxtatişga qaror qildi. Nippon Airways va Japan Airlines aviakompaniyalari mos ravişda 19 ta va 13ta ana şu samolyotlarga ega.