2014 yilda fuqaro aviatsiyasi uçun kutilmagan hodisa yuz berdi. Kuala-Lumpur – Pekin yönalişida parvoz qilayotgan samolyot radarlardan yöqolib, dom-daraksiz ketadi. Qidiruvlar natija bermaydi va hanuzgaça içida 239 kişi bölgan Boeing 777ʼga nima bölgani noaniqligiça qolmoqda.

Fuqaro aviatsiyasi paydo bölgandan buyon juda köp ğaroyib hodisalar, ayançli halokatlar sodir bölgan. Ular orasida 2014 yilda Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegişli Boeing 777 samolyoti bilan sodir bölgan hodisa alohida ajralib turadi.

Tunda Kuala-Lumpur aeroportidan Pekinga uçiş uçun havoga kötarilgan samolyotdan avvaliga signal kelişi, söng esa samolyotning özi dispetçerlar radaridan yöqoladi.

Samolyot dengizga qulab tuşgan deb taxmin qilinadi. Biroq radardan yöqolgan deb möljal qilingan hududlardan uning bölaklari topilmaydi.

Aslida fuqaro aviatsiyasi tarixida samolyotlarning bedarak yöqolişi va qidiruvda bölaklari ham topilmagan holatlar köp marta bölgan.

Biroq ularning aksariyati hali navigatsiya tizimlari unça rivojlanmagan, samolyotlar ham mukammal bölmagan davrlarda sodir bölgan.

21-asrda osmonga kötarilgan har bir samolyotni hatto maxsus saytlar orqali kuzatib turiş imkoniyati bor vaqtda butun boşli samolyotning izsiz ğoyib bölişi va ayrim bölaklari dunyoning narigi çekkasidan topilişi ança hayratlanarli hisoblanadi.

Boeing 777 tarixi va uning yöqolişi

Ğoyib bölgan samolyot 2002 yilda işlab çiqarilgan, öşa yili Malaysia Airlines aviakompaniyasi tomonidan sotib olingandi.

Samolyotda 282 ta yölovçi örni bölgan. Unda 12 nafar ekipaj a’zosi xizmat qilgan. Yöqolgan kuniga qadar Boeing 777 Malaysia Airlines aviakompaniyasiga 11 yil xizmat qilgandi.

Bu davrda samolyot qariyb 54 ming soat parvoz qilgan va 7 525 marta uçib-qönişni amalga oşirgan. Boeing 777 sönggi marta yöqolişidan bir neça oy oldin, 2014 yil fevral oyida texnik körikdan ötkazilgandi.

Izsiz ğoyib bölgan kuni samolyot bortida 227 nafar yölovçi va 12 nafar ekipaj a’zosi bölgan. Ular orasida 152 nafar Xitoy, 50 nafar Malayziya, 7 nafar Indoneziya, 6 nafar Avstraliya va yana öndan oşiq davlatlar fuqarolari bor edi.