17 noyabr, payşanba kuni Haaga okrug sudi Ukraina fuqarosi va ikki rossiyalikni 2014 yil iyulida Donbass osmonida raketa bilan urib tuşirilgan Malayziya aviakompaniyasining Boeing 777 yölovçi samolyoti halokatida aybdor deb topdi. Ularning barçasi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
Ayblanuvçilar orasida özini mustaqil deb e’lon qilgan «DXR» sobiq «mudofaa vaziri» Igor Girkin (Strelkov), general-mayor Sergey Dubinskiy (Xmuriy laqabli), polkovnik Oleg Pölatov (Gyurza) va Ukraina fuqarosi Leonid Xarçenko (Krot) bor edi. Girkin, Xarçenko va Dubinskiyning aybi isbotlangan deb topildi. Agar qölga olinsa, ular qamoqqa tuşişadi. Sudlanuvçi Pölatovga qöyilgan ayblovlar olib taşlandi.
Sud tomonidan körib çiqilgan tergov xulosalariga köra, törtalasi ham Rossiyadan jinoyat quroli - «Buk» zenit-raketa majmuasining (ZRM) kelişiga hissa qöşgan va uning harakatlarini muvofiqlaştirgan, oqibatida ular «298 kişining öldirilişida asosiy rolga ega». Sudlanuvçilar hukmda iştirok etmagan.
Şuningdek, sud MN17 reysi Pervomayskiy qişloği yaqinidagi daladan otilgan Rossiyaning «Buk» raketasi bilan urib tuşirilganini isbotlagan. Donbassdagi mojaro xalqaro deb e’tirof etilgan va öşa paytda Rossiya «DXR» ustidan universal nazoratga ega edi, deya xabar beradi DW muxbirlari Haagadan. Şu bilan birga, ayblanuvçilar Girkin, Dubinskiy, Xarçenko va Pölatovlar kombatantlar immunitetidan foydalana olmaydi, çunki Rossiya uning «DXR» ustidan nazoratini tan olmadi va ularning özlari RF Qurolli kuçlari tarkibiga kirganliklarini rad etadilar.
Sud qaroriga köra, aybdor deb topilgan uç kişi halok bölganlar qarindoşlariga jami 16 million yevro tölaşi şart. Agar ular hukm kuçga kirgandan keyin 8 oy içida buni qilmasalar, tovon Niderlandiya davlati tomonidan tölanadi, u mahkumlardan pul talab qiladi.
Iş böyiça sud majlislari Amsterdam yaqinidagi Sxipxol aeroportidagi yuridik majmuada bölib ötdi, u yerdan bir paytlar Malayziya "Boing"i uçib ketgan. Sud majlislari oçiq ötdi, jarayonni har bir kişi kuzatib boriş imkoniyatiga ega böldi: yiğilişlar, jumladan, sud hukmi e’lon qilinişi ham internet tarmoğida körsatildi.
Malayziya aviakompaniyasining Boeing 777 samolyoti 2014 yilning 17 iyulida halokatga uçradi. Tergov aniqlaganidek, Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi bilan uçayotgan yölovçi layneri raketa bilan urib tuşirilgan. Bortdagi 298 kişining barçasi halok bölgan.
Fojiadan söng beşta davlat – Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Niderlandiya va Ukraina qöşma Xalqaro tergov guruhini (JIT) tuzdi. Uning ekspertlari samolyot rossiyaparast kuçlar nazorati ostidagi hududda joylaşgan "Buk" tizimi tomonidan otilgan 9M38 seriyali raketa bilan urib tuşirilgan, degan xulosaga kelişdi. Tergovçilar "Buk" u yerga Rossiyaning 53-havo hujumidan mudofaa brigadasi tomonidan olib kelinganiga amin. Brigada Kursk yaqinida joylaşgan va köp ötmay, fojiadan keyin çegara orqali Rossiya hududiga qaytarilgan.








