Navoiylik Dilşodbek Tilovov 15 yoşda. U ayni öspirinlik davrlarini dard bilan kuraşib ötkazmoqda. 2018 yilda uni isitma va qon qusişlar bezovta qila boşlaydi. Şifokorga murojaat qilinganda aniqlanişiça, qizilöngaç kengaygan, qon tomirlaridan içki qon ketiş kuzatilgan. “Jigardan taşqari portal gipertenziya” taşxisi qöyiladi.

“Toşkentda şifokor “xususiy klinikada operatsiya qilaman, SamPIda bunaqa taşxisda jarrohlik amaliyoti ötkaziş man etilgan”, dedi. Jigariga tomir ulaymiz, bemor yaxşi böladi, degan va'da bilan bolajonimni operatsiyaga olib kirişdi. Lekin tomir qöya olişmadi, aksinça taloğini olib taşlab, endi yaxşi böladi, deyişdi.

Ammo... operatsiyadan keyin ham qon qusişlari töxtamadi. Har gal qon qusganida ahvoli oğirlaşadi. 2020 yil sentyabrda yana tekşiruvlardan ötdik, natijalar yomon çiqdi. Bitta muvaffaqiyatsiz operatsiyadan keyingi holatimizda yagona umidimiz Moskvadagi “Filatov” bolalar kasalxonasidan edi. Qarz-havola bilan kasalxonaga 517 ming rubl tölov qildik va öğlimni yotqizdik. Ammo oradan heç qança vaqt ötmay qorin sohasida ikkita abssess (töqimalarning yiringli yalliğlanişi) va gematoma aniqlandi. Bolamning ahvoli oğir, nima qilişni bilmayapmiz”, deydi Dilşodbekning onasi Umida Zoirova.

Dilşodbekning davo muolajalarini davom ettiriş hozir moliyaviy masalalarga borib taqalmoqda. Televizor tuzatiş bilan oila tebratadigan oila boşliğining daromadi davolaş xarajatlarini qoplaşga yetmaydi. Hozirgaça qilingan muolajalar ham kattagina qarz va bankdan yirik foiz bilan olingan kredit evaziga amalga oşirilgan.

“Şifokorlar imkon qadar harakat qilişyapti. Tinimsiz dori içiryapmiz. Osma ukollarning-ku oxiri körinmaydi. Qaçon javob berişlari haqida heç bir söz yöq.

Kasalxonadagi har bir kunimiz uçun 6 ming rubl tölaşimiz kerak. Hozir qölimizda heç qanday mablağ qolmagan. Tölov qiliş kerakligi haqida har öylaganimda yuragim zirqiraydi... Çunki uydan pul yuborişning iloji yöq. Hozir faqat Allohning marhamatiga va yaxşilarning kömagiga umid boğlayapmiz...”, deydi onaizor ökinç bilan.

Qur'oni Karimda “Boyliklarini keçayu kunduz, pinhonayu oşkora ehson qiladigan kişilar uçun Parvardigorlari huzurida mukofotlari muhayyodir. Ularga oxiratda xavf ham bölmas va ular taşviş ham çekmaslar”, deyiladi (Baqara surasi, 274-oyat).