Loyiha muallifi, Mass-media fondi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva 22 fevral kuni jarrohlik amaliyotidan söng köriş qobiliyati yaxşilangan bir guruh bolalar bilan uçraşdi.
«Keça biz Respublika köz mikroxirurgiyasi markazida 11 nafar bemor – Jizzaxdagi zaif köruvçi bolalarga ixtisoslaşgan maktab-internati öquvçilari bilan uçraşdik.
«Köngil közi» loyihasi şifokorlar kömagida köz nurini qaytarişga yordam berişda davom etmoqda va kun sayin quvonçli xabarlar soni ortmoqda, men ularning har birini sizga sözlab berişni istardim.
Masalan, operatsiya yordamida Isomiddinning köriş qobiliyati 1 foizdan 30 foizga oşdi, Otabekdagi tuğma nuqson davolandi, Zaynurada esa estetik jarrohlik amaliyoti ötkazildi, zamonaviy protez qöyildi va uning yuzi umuman boşqaça qiyofa kasb etdi. Ular baxtiyor, men ham ularni körib baxtliman.
Bu haqda köp gapiriş mumkin, yaxşisi videoni köring. Bu bolalarning har birini xayolan bağringizga bosing, ular bunga loyiqdirlar!» – deya uçraşuvdan tassurotlari bilan bölişgan Saida Mirziyoyeva Telegram'dagi postiga video ham ilova qilgan.
Eslatib ötamiz, 600dan ortiq jarrohlik amaliyotlariga kirişişdan oldin, xayriya aksiyasi doirasida respublikadagi ixtisoslaşgan maktab-internat öquvçilari ommaviy tekşiruvdan ötkazildi.
Avvalroq, dastlabki bemorlar – 11 nafar jizzaxlik bolalarning 9 nafarida jarrohlik amaliyoti ötkazilişi, ikki nafariga esa köz protezlari qöyilişi ma'lum qilingandi.











