Farğona viloyati hokimligi xabariga köra, majlis kun tartibiga bitta masala — bugungi kunda Farğona viloyati böyiça böşab qolgan ikkita öringa Oliy Majlis Senati a'zolarini saylaş masalasi kiritildi.
Xalq deputatlari viloyat, şahar va tuman kengaşlarining Oliy Majlis Senati a'zolari saylovi böyiça qöşma majlisida yaşirin ovoz beriş jarayoni bölib ötdi.

Sanoq komissiyasining hisoboti tinglandi. Unga köra, 2-Mirzo Uluğbek saylov okrugi böyiça xalq deputatlari viloyat kengaşi deputati, viloyat hokimi Xayrulla Bozorov, 31-Quva saylov okrugi böyiça viloyat kengaşi deputati, viloyat ona va bola skrining markazi direktori Manzura Salimova Oliy Majlis Senati a'zosi etib saylandi.
Deputatlar ovoz beriş natijalarini tasdiqladi, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 5 fevral kuni Farğona şahrida xalq deputatlari viloyat kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Unda 2020 yil sentyabr oyidan buyon Farğona viloyati hokimi vazifasini bajarib kelgan Xayrulla Bozorov Farğona viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Avvalroq, Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov ham Senat a'zosi etib saylangandi.









