Kun.uz xodimlari onkogematologiya sohasidagi vaziyat bilan tanişiş maqsadida Respublika ixtisoslaştirilgan gematologiya ilmiy-amaliy markazida bölişdi. Markazda diagnostika uçun yölga qöyilgan şaroitlar bilan taniştirgan bölim boşliği Qodirjon Boboyev Özbekistonda onkologiyani davolaş dunyo onkologiya xizmatidan 25 yil orqada qolgani haqida aytib ötdi.
«Rossiya bu borada Turkiyadan 10 yil ortda qolganini rasmiy aytadi. Biz esa 20-25 yil orqadamiz. Nega? Çet mamlakatlarda onkologiyani 1-bosqiçdayoq aniqlaşyapti. Biz 3-, 4- bosqiçlardagina aniqlay olamiz. Bu paytga kelib allaqaçon keç böladi. Bemorni operatsiya qilamiz, xursand bölamiz. Lekin ölib ketişini özimiz ham bilamiz.
Bunda asosiy sabab taşxislaşda. Xorijda taşxis vaqtida qöyilgani bois bemorning ham umri uzayadi, ham köplari tuzalib ketadi», deydi u.
Boboyevning aytişiça, onkogematologik kasalliklarni aniqlaş uçun kerakli şaroit bölsa-da, kadrlarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş borasida qator muammolar oçiq qolmoqda. Bu esa mavjud şaroitdan samarali foydalanişga tösqinlik qilişi mumkin.
«Immunogistoximik taşxislaş uskunasi markazimizga yaqinda kelgan. Uni işlata oladigan mutaxassislarni tezda tayyorlaş kerak. Bölmasa, saraton hukm bölib qolaveradi.
Mutaxassislarni tayyorlaş uçun vaqt kerak. Yaqinda bir xodim 6 oy öqib keldi. Ammo endi uni xususiy klinika olib ketyapti. Çunki u bu yerda bolasini boqa olmaydi.
Ilmiy darajaga ega bölganlar 2 mln söm, oddiy xodimlar esa nari-berisi bilan 1 mln söm maoş oladi. 900 ming söm oylikka işlayotgan dotsent xodimimiz ham bor. Bu yerdagilarning barçasi yuqori malakali xodimlar. Yangi kelgan şifokorning oylik maoşi navbatçilik bilan qöşib hisoblaganda 2 mln sömga çiqişi mumkin. Oyda 10-11 kunni töliq kasalxonada ötkaziş kerak, bu yerda oğir kasallar yotadi, bu ham şifokorning quvvatini olib qöyadi. Vaholanki, xorijda onkologiya sohasida işlaydiganlarga alohida tarif belgilangan.

Uskunalar bor, yoşlarni örgatyapmiz. Ammo masala siyosatga borib taqalyapti. Jahonda yuqori texnologiyalar sohasida 70-80 foiz erkaklar işlaydi. Çunki bunda oğir mehnat talab qilinadi. Bizda esa barçasi ayollar. Erkaklar bu yerga işlaşga kelmaydi, çunki moliyaviy rağbatlantiriş mos emas.











