DSQ qöşilgan qiymat soliği tölaşdan qoçiş «sxema»lariga qarşi boşlagan kuraşni «faqat gumon va mutlaqo quruq gap» yoki «barisi heç qanday isbot bilan tasdiqlanmagan farazlar» deb atagan ekspertlar fikrlari asossiz, deya bayonot berdi.
«Davlat soliq qömitasi qöşilgan qiymat soliğini tölaşdan qoçiş «sxema»lariga qarşi boşlangan faol kuraşiş harakatlarini ayrim, qöştirnoq içidagi nufuzli ekspertlar tomonidan «faqat gumon va mutlaqo quruq gap» yoki «barisi heç qanday isbot bilan tasdiqlanmagan farazlar», deb ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirayotgan bayonotlarining asossiz ekanligini ma'lum qiladi.
Soliq organlarining harakati juda mantiqiy, izçil, amaldagi soliq qonunçiligida (Soliq kodeksining 14,15, 266-moddalari) belgilangan va bozorda teng raqobat şaroitini yaratiş orqali halol-pok tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
Jumladan, qöllanilayotgan normalar xalqaro soliq ma'murçiligida keng foydalanilib, Soliq kodeksiga Xalqaro valuta jamğarmasi, Jahon banki, Rossiya Federatsiyasi ekspertlari taklifi bilan kiritilgan», – deyiladi rasmiy xabarda.
Bundan taşqari, bayonotda soliq firibgarligi bilan şuğullangan «şubhali» firmalar bilan tovarsiz operatsiyalarni amalga oşiriş orqali QQS summalarini budjetga tölanmaganligi holatlari 97 foizi yoki 7 486ta korxonada (780 milliard söm) töliq miqdorda, 97 tasida esa (12,1 milliard söm) qisman tasdiğini topgani ma'lum qilingan.
Şuningdek, rasmiy xabarda qömita 2021 yil 2 mart holatiga köra, 256 ta soliq tölovçi (30,7 milliard söm) asoslovçi hujjatlar taqdim eta olgani ma'lum qilingan.
Eslatib ötamiz, 1 mart kuni iqtisodçi Yuliy Yusupovning Kun.uz’da e'lon qilingan maqolasida DSQning «obnalçilar»ga qarşi boşlagan kuraşi yuzasidan fikr bildirilgandi. Unda iqtisodçi qömita harakatlarini «soğlom fikr va qonunni mazax qiliş», deb baholagan.
«Endi minglab tadbirkorlar töğridan töğri isbotlarsiz, tekşiruvlarsiz va sud qarorlarisiz jinoyatda ayblanmoqda», – degan ekspert Yuliy Yusupov.
Ma'lumot uçun, şu yilning fevral oyida Davlat soliq qömitasi davlat budjetiga yetkazilgan zararni qisqartiriş maqsadida «naqdlaştiruvçi korxonalar» faoliyatini çeklaş mexanizmini joriy etgandi. Natijada 396ta korxona şubhali sub'yektlar reyestriga kiritildi va ular bilan hamkorlik qilgan 10mingga yaqin tadbirkorning şartnomalari, xususan, hisobga olingan QQS summasi












