2 mart kuni Narpay tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan hokimlikning telegramdagi rasmiy kanalida tuman elektr tarmoqlari korxonasi nomidan e'lon berildi. Unda, tizimda quvvat yetişmasligi sababli tuman hududida 1 martdan 15 martgaça ertalab va keçki payt elektr energiyasi uzatişda çeklovlar örnatilişi ma'lum qilingan. E'longa Narpay tuman elektr tarmoqlari boşliği vazifasini vaqtinça bajaruvçi Mirzohid Toğayevning ism-şarifi va imzosi qöyilgan xatning fotosurati ham ilova qilingan.

«Narpay tuman elektr ta'minoti korxonasi, «Hududiy elektr tarmoqlari»AJ va «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ ning 2021 yil 1 martdagi №10-04/141-sonli xabarnomasiga asosan, tizimda quvvat yetişmasligi sababli, Narpay tuman hududidagi iste'molçilarga 2021 yil 15 martga qadar, keçki va ertalabki maksimumda elektr energiya ta'minotida çeklov kiritilişi haqida ma'lum qilamiz.
Narpay tuman elektr ta'minoti korxonasi elektr energiya ta'minotidagi uzilişlar va noqulayliklar uçun iste'molçilardan uzr söraydi», deyiladi Toğayevning xatida.
Kun.uz uşbu bildirişnoma va unga ilova qilingan xat yuzasidan izoh oliş uçun Narpay tuman elektr tarmoqlari korxonasi boşliği vazifasini bajaruvçi Mirzohid Toğayev bilan boğlandi. Uning aytişiga qaraganda unga №10-04/141-sonli xabarnoma «Samarqand elektr tarmoqlari korxonasi» AJ dispetçerlari tomonidan yuborilgan va unda hokimiyat hamda mahallalarni ogohlantiriş söralgan. U berilgan topşiriqni bajargan va hokimiyatga xabarnoma yuborgan. Hokimlik axborot xizmati esa u yuborgan xabarni hokimlikning rasmiy telegram kanalida e'lon qilgan. Ana şu joyigaça hammasi töğri kelyapti. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi boşliği vazifasini bajaruvçi M.Toğayev va tuman hokimligi axborot xizmati rahbari öz vazifasini bajaryapti. Ammo «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ mutasaddilari boşqa fikrda.
Mazkur masalada bizni xatning çiqarilgani emas, (zero yuqorida öşa xatning çiqarilişi va aholining ogohlantirilişi töğri iş bölganini ta'kidladik) balki nega tizimda quvvat yetişmayotgani, Narpay tumanida iste'molçilar nega surunkasiga 15 kun (!) ertalab va keçki payt çiroqsiz qolişi qiziqtirdi. Bu haqda «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ mutasaddilariga savol bilan murojaat qildik. Afsuski, ular bahor fasli kelib, kunlar ança isib ketganiga qaramasdan nega tizimda quvvat yetişmayotgani, Narpay tumanida iste'molçilar nega surunkasiga 15 kun (!) ertalab va keçki payt çiroqsiz qolişi kerak, degan savollarga javob beriş örniga e'tiborni öşa xatni tuman hokimligiga yuborgan M.Toğayevning xatti-harakatiga qaratişdi. Jumladan, ular M.Toğayev bunday xatni oşkor qilişga haqqi yöqligini, u xatni yozişda xatolikka yöl qöyganini bot-bot takrorlaşdi.










