Tadbirning savol-javob qismida Kun.uz muxbiri agentlik direktori örinbosariga şunday savol berdi:
– Odatda biz korrupsionerlar deganda erkaklarni tasavvur qilamiz. Mana, gender tenglik töğrisida köp gaplar gapirilmoqda, ayollar turli lavozimlarga tayinlanmoqda. Aynan ayollar orasida korrupsiya holatlari örganilyaptimi?
Umida Töxtaşeva savolga quyidagiça javob berdi:
– Ayollar orasida korrupsiya holatlari böyiça hozirça alohida tadqiqot olib borilmagan. Lekin şuni aytişimiz mumkinki, ayollarda korrupsiyaga moyillik erkaklarga nisbatan ança past böladi. Çunki ayol birinçi navbatda ona, u farzandlari kelajagi, oilasi tinçligini öylaydi.
Tadbirda iştirok etayotgan Senat raisi Tanzila Norboyeva ham mavzu böyiça öz fikrlarini bildirdi:
– Bu juda muhim va qiziqarli masala. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga kelajakda bu borada alohida örganişlar olib borişni tavsiya qilamiz.












