2 mart kuni Kun.uz saytida «Asakaça iş uslubi: örganilmayotgan va e'tiborsiz qoldirilayotgan muammolar» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.
Muxbir Abduvali Qurbonov maqolasida Kun.uz’ning Andijon viloyati böyiça Telegram kanalida yoritilgan bir qança murojaatlar Asaka tuman hokimligi tomonidan e'tiborsiz qoldirilgani va munosabat bildirilmagani tanqid ostiga olingandi. Yana bir bor eslatamiz - maqoladan murod - kamçilik va muammolarga tuman mutasaddilarining e'tiborini tortiş, e'lon qilinayotgan murojaatlarga munosabat bildirilişini taşkil etişga çorlaş edi.
Afsuski, maqolaga tez orada berilgan munosabatda yolğon ma'lumotlar berilgani, közböyamaçilikka asoslanilgani, nihoyat, hokimlik yana öziga xos öşa «yangiça iş uslubi»ni tanlaganiga guvoh böldik.
Viloyat hokimligi tomonidan e'lon qilingan rasmiy munosabat bandlariga birma-bir töxtalsak.
20 yanvar kuni Kun.uz’ning Andijon viloyati böyiça Telegram kanalida tumandagi dehqon bozori oldidagi avtomobillar pala-partiş joylaşişi oqibatida yöllar tösilib qolayotgani, mazkur holat piyodalar va boşqa haydovçilarga noqulaylik tuğdirayotgani yuzasidan murojaat hamda vaziyatning fotosi e'lon qilingandi.

Murojaatda tuman bozorining OLDIdagi deyilganiga qaramasdan, viloyat hokimligi axborot xizmatining rasmiy munosabatida umuman boşqa joyda amalga oşirilgan işlar tilga olingan.


















