Davlat bojxona qömitasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş va bojxona auditi boş boşqarmasi tarkibida maxsus tarkibiy tuzilma sifatida «Situatsion markaz» taşkil etildi.

Markaz direktori Ravşan Röziyevning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, markaz MDH, Uzoq va Yaqin Şarq davlatlarining huquqni muhofaza qiluvçi tizimlari bilan kontrabandaga qarşi kuraşişda özaro hamkorlik qilib, bojxona qonunbuzarligi sohasida faoliyat yuritadi.
«Bundan taşqari, markaz imkoniyatlaridan kelib çiqib, markazlaştirilgan tartibda ma'lumotlarni yiğiş, ularni jamlaş, tahlil qiliş va ular asosida mavjud xavf va tahdidlarni aniqlaş, minimallaştiriş böyiça çoralar köriş va takliflar kiritiş kabi işlarni amalga oşiradi.

«Situatsion markaz» masofaviy uzoq hududlarda joylaşgan postlardagi vaziyatni kuzatib boriş, zarur bölgan hollarda tegişli iş jarayonlarini taşkil qiliş vazifacini bajaradi. Bundan taşqari, unda çegara bojxona postlarida joriy qilingan ikki yölakli (yaşil, qizil) tizim orqali harakatlanayotgan fuqarolar, tovarlar va transport vositalarini oldindan taqdim qilingan ma'lumotlar asosida nazorat qiliş va filtrlaş imkoniyati mavjud», – deydi markaz direktori.
Kun.uz muxbirining xabar qilişiça, «Situatsion markaz»ni işga tuşirişga 500 ming dollardan ortiq grant mablağlari sarflangan. Zarur texnikalar Birlaşgan millatlar taşkiloti giyohvand moddalar va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan yetkazib berilgan.

Ma'lum bölişiça, «Situatsion markaz»da tahlil va istiqbolni belgilaş yönalişida maxsus tayyorgarlikdan ötgan ofitserlar faoliyat yuritadi.

Markaz direktorining ta'kidlaşiça, axborotlarni tahlil qiliş dasturida sun'iy intellekt elementlari bölib, u transçegaraviy jinoyatlarga, ayniqsa, narkotiklarning kontrabandasiga samarali tösiq böladi, axborot-tahlil tizimi yangi bosqiçga çiqadi.
«Situatsion markaz»ning asosiy maqsadi holat röy bermasdan oldini olişdir. Agar tizim butkul mukammal işlaydigan bölsa, kontrabandaga qarşi jinoyatçilik körsatkiçi katta foizlarda pastlaydi. Biroq oldindan aniq prognoz qiliş imkoniyati yöq. Dasturda sun'iy intellekt elementlari bor, bunda huquqni himoya qiliş sohasida raqamlaştiriş imkoniyatidan foydalanib holatlarning oldini oliş közlangan. Bundan taşqari, sodir bölgan holatlar bölsa ham uni qidirib topiş imkoniyati mavjud. Hozirda dastur işga tuşib bir neça milliardlik noqonuniy tovar aylanmalari aniqlandi», – dedi u.








