Tadbirda davlat rahbari O‘zbekiston xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan tabriklab, nutq so‘zladi. Bir guruh xotin-qizlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlarini ham mukofotladi. Kun.uz fotomuxbiri taqdirlash marosimidan fotojamlanma taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 3 martdagi qarori bilan, 28 nafar qiz (ro‘yxat) Zulfiya mukofotiga sazovor bo‘ldi. Sovrindorlarning har biriga 50 BHM (12 250 000 so‘m) pul mukofoti beriladi.