Norma’ning yozişiça, prezidentning «2020–2023 yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq, Amudaryo, Bözatov, Kegeyli, Qonliköl, Qönğirot, Möynoq, Nukus, Taxiatoş, Törtköl, Xöjayli, Şumanay va Ellikqal'a tumanlarida jami 875,4 ga yer maydonida «Qoraqalpoq-agro» EIZ taşkil etildi.

«Qoraqalpoq-agro» EIZ faoliyatini boşqariş «Nukus» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» davlat unitar korxonasiga yuklatildi.

Quyidagilar «Qoraqalpoq-agro» EIZ faoliyatining asosiy vazifalari va yönalişlari etib belgilandi:

  • zamonaviy issiqxona xöjaliklarini, gidroponika texnologiyalarini qöllagan holda, klaster usuli asosida taşkil etiş uçun töğridan töğri xorijiy va mahalliy investitsiyalar jalb etiş, energiya tejovçi zamonaviy issiqxonalar quriş uçun konstruksiyalar, jihozlar va boşqa butlovçi buyumlar işlab çiqarişni taşkil etiş;
  • hudud işlab çiqariş salohiyatidan samarali foydalangan holda qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişni köpaytiriş, ularni çuqur qayta işlaşni kengaytiriş va eksport hajmini oşiriş;
  • qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişning uruğdan to mahsulotni bozorga yetkazib berişgaça bölgan töliq jarayoni taşkil etişni rağbatlantiriş;
  • köçatzorlar, birlamçi uruğçilikni taşkil etiş uçun şaroitlar yaratiş orqali issiqxona xöjaliklarini bozor talabi katta, yuqori hosildorlik xususiyatiga ega qişloq xöjaligi ekinlari uruğ va köçatlari bilan ta'minlaşning samarali mexanizmlarini joriy etiş;
  • logistika xizmatlari körsatişning zamonaviy infratuzilmasini şakllantiriş, qişloq xöjaligi işlab çiqariş sub'yektlariga ular tomonidan yetiştirilgan mahsulotlar eksportini taşkil etişda kömaklaşiş;
  • issiqxona xöjaliklarini taşkil etişda resurs tejovçi zamonaviy texnologiyalarni, muqobil issiqlik energiyasi manbalaridan foydalanişni keng joriy etiş;
  • işlab çiqarilayotgan mahsulotlar xalqaro standartlarga muvofiqligini baholaş böyiça ilmiy-işlab çiqariş markazlari taşkil etiş.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşiga Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Qişloq xöjaligi vazirligi, SSP va tijorat banklari bilan birgalikda «Qoraqalpoq-agro» EIZ hududida ikki oy muddatda issiqxona xöjaliklari hamda energiya tejovçi zamonaviy issiqxonalar quriş uçun konstruksiyalar işlab çiqariş obektlarini böş turgan, qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalariga joylaştiriş böyiça manzilli dasturni işlab çiqiş topşirildi.