Bu haqda Turkiya savdo vaziri Ömer Bölat TDT Istanbulda ötgan savdo va iqtisodiyot vazirlarining 12-uçraşuvi hamda iqtisodiy hamkorlik böyiça Işçi guruhning 14-yiğilişida ma’lum qilgan.
«Bugun bölib ötgan vazirlar iştirokidagi yiğilişimizda biz TDTga a’zo davlatlar örtasida raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiliş böyiça bitim hamda mamlakatlarimiz örtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorligini mustahkamlaşga xizmat qiladigan TURAN maxsus erkin iqtisodiy zonasini yaratiş kabi yangi avlod vositalarini joriy etiş böyiça kelişib oldik», — degan Bölat.
Turkiya vazirining qayd etişiça, XXI asrda xizmatlar va investitsiyalar bilan savdo qilişning ahamiyati tobora oşib borayotganini hisobga olib, mamlakatlar «Xizmatlar va investitsiyalar bilan erkin savdo qiliş töğrisidagi bitim»ni imzolaş imkoniyatlari ustida iş olib bormoqda. «Bugun biz bu yangi bitim böyiça imkon qadar tezroq muzokaralarni boşlaş niyatida ekanligimizni namoyiş etdik», — degan Turkiya savdo vaziri Ömer Bölat.
Qayd etib ötiş joizki, «TURAN erkin iqtisodiy zonasi» barpo etilişi Qozoğistonning Turkiston oblasti hududidagi TURKISTAN erkin iqtisodiy zonasi turkiy davlatlar uçun maxsus iqtisodiy zonaga aylantirilişi bilan amalga oşiriladi. Erkin iqtisodiy zona yangi TURAN nomiga ega böladi. Uning maydoni 3987,39 ha’dan 4622,39 ha’gaça kengayadi. Kengayiş sanoat zonalariga tegişli 635 ha yer maydoni qöşilişi evaziga röy beradi.

















