Namangan viloyatidagi «Kosonsoy-farm» erkin iqtisodiy zonasida birinçi loyiha - «Spring farmatsevtik» korxonasi işga tuşirildi.

«Spring farmatsevtik» korxonasiga Özbekiston Prezidentining 2017 yildagi maxsus qarori bilan taşkil etilgan «Kosonsoy-farm» erkin iqtisodiy zonasi hududidan ötgan yili 1,7 gektar yer ajratib berilgandi. Bir yil içida jami qiymati 18 milliard söm bölgan loyiha amalga oşirildi.

70 ta yangi iş örni yaratilgan bu korxonada yiliga 25 milliard sömlik 60 turdagi dori-darmon vositalari işlab çiqariladi.

Erkin iqtisodiy zonada umumiy qiymati 51 million AQŞ dollaridan ortiq 13 ta loyiha amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Bu mablağlarning katta qismi, 24 million dollarga yaqini töğridan-töğri xorijiy investitsiyalardir. 2021 yilga borib barça 13 loyiha yakunlanganda, yillik işlab çiqariş hajmi 100 milliard sömdan ortiq zamonaviy işlab çiqariş korxonalariga, 1000 ga yaqin iş örniga ega bölinadi.

Hozirgi kunda ana şu loyihalardan umumiy qiymati 8,5 million dollarga teng 6 tasi amalga oşirilmoqda. Yaqin kunlarda “Axsikent sof sanoat” hamda «Firdavsbek farm» korxonalari ham faoliyat boşlaydi.
«Kosonsoy-farm» erkin iqtisodiy zonasida şuningdek, Koreya, Rossiya, Misr va Belarus davlatlari bilan hamkorlikdagi yangi yirik loyihalar işlab çiqilmoqda. Ukraina va Hindiston ham Namangan viloyati bilan hamkorlik qilişga katta qiziqiş bildirmoqda.
Dilmurod Jumaboyev







