Vazirlar Mahkamasining «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasining «Urganç hududi»ni taşkil etiş töğrisida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Xorazm viloyati hokimligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi va Quriliş vazirligining Urganç tumani Bekobod va Ğoybu qişloqlarida «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasining «Urganç hududi»ni taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.
«Hazorasp» EIZning «Urganç hududi»ning transport, işlab çiqariş va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi tasdiqlanadi.
Quyidagilar:
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi va Moliya vazirligi uşbu dastur prezidentning 2020 yil 18 dekabrdagi «Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-4929-sonli qaroriga muvofiq, Özbekistonning ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi doirasida amalga oşirilişini;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ va «Hududgazta'minot» AJ dastur doirasida amalga oşirilişi belgilangan işlarni öz vaqtida va sifatli bajariş hamda «Hazorasp» EIZning «Urganç hududi»da joylaştiriladigan loyihalarni taşqi yöl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan kafolatli ta'minlaş çoralarini köradi.
Quyidagilar:
Xorazm viloyati hokimligining «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi «Hazorasp» EIZning «Urganç hududi» boş rejasini işlab çiqiş, şuningdek, yöl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini quriş hamda rekonstruksiya qiliş böyiça buyurtmaçi etib;
«ÖzşaharsozlikLITI» davlat unitar korxonasi «Hazorasp» EIZning «Urganç hududi» boş rejasini işlab çiqiş böyiça boş loyihalaş taşkiloti etib belgilanadi.

















