Qirğizistonlik «avtoritet» uçun 5 mln dollar. AQŞ nima uçun Bişkekdagi korrupsiyadan taşvişda?
|02:50 / 10.03.202150 51910 min
AQŞ Qirğizistonda qamoqdan qöyib yuborilgan kriminal «avtoritet» Qamçi Kolbayevni qölga olişga yoki uning jinoiy guruhining moliyaviy mexanizmlarini yöq qilişga olib keladigan ma'lumot uçun 5 mln dollar miqdorida mukofot puli e'lon qildi.
YOUTUBEYOUTUBE
Vaşington uni «Bratskiy krug» a'zolaridan biri va yirik narkobaron deb hisoblaydi. Avvalroq Qöşma Ştatlar u qamoqxonadan çiqarib yuborilişi yuzasidan xavotirlarini bildirgandi.
Kolbayev 2012 yil fevralida AQŞning Xorijiy aktivlarni boşqariş departamentining (OFAC) 13581-sonli buyruğiga binoan «Bratskiy krug» (Brothers' Circle) röyxatiga kiritilgan. «Bratskiy krug» - xalqaro jinoiy taşkilot bölib, uning tarkibidan Yevroosiyodagi bir neça uyuşgan jinoiy guruhlar örin olgan. Amerika maxsus xizmatlari ma'lumotlariga köra, bu taşkilot qurol-yaroğ va narkotik moddalarning noqonuniy savdosi, şuningdek, odam savdosi va tovlamaçilik jinoyatlari bilan şuğullanadi
«Kolbayevning narkotiklar sotuvçi tarmoği Markaziy Osiyo, Rossiya va Yevropadagi bolalarni zaharlamoqda», dedi Kolbayev qöyib yuborilganidan keyin AQŞning Qirğizistondagi elçisi Donald Lu.
46 yoşli Qamçi Asanbek (Kolbayev) 2011 yildayoq AQŞ moliya vazirligi tomonidan sobiq ittifoqdan bölgan 10 nafar kriminal avtoritet qatorida «qora röyxat»ga kiritilgandi.
Kolbayev işi
Qirğizistonning yangi hukumati Kolbayevni xorijga çiqmaslik şarti bilan qöyib yuborgan. Dastlab uni soğligidagi muammo tufayli axloq tuzatiş koloniyasi qoşidagi şifoxonaga ötkazişgandi, keyin esa uyga ketişga ruxsat berişdi.
Tört oy muqaddam uning qölga olinişi Qirğizistonda oktyabrdagi namoyişlardan keyin hukumat almaşinuvi va Qirğiziston davlat milliy xavfsizlik qömitasi rahbarligiga Qamçibek Taşiyev kelişidan keyingi ilk şov-şuvli hibs bölgandi.
Mamlakatning yangi prezidenti Sadir Japarovning yaqin safdoşi bölgan Taşiyev Qirğizistonni jinoyatçilikdan tozalaşni va'da qilgandi.
Yangi lavozimga kirişarkan, Qamçibek Taşiyev Qirğizistonda jinoyatçilikka barham berişni va'da qilgandi / GETTY IMAGES
Qamçi Kolbayev kriminal doiralarda 1990-yillardayoq tanila boşlagan, Qirğizistonda ikki marta qamoqqa hukm qilingan, dastlab ikki kişini öldirişda ayblanib 25 yilga qamalgan, keyinroq yana uç yilga kesilgandi. Ammo u panjara ortida jami 7 yilnigina ötkazgan.
Birinçi safar u qamoqda olti yil ötirganidan keyin qoçib ketgan va öziga qarşi ayblovlar bekor qilinguniga qadar BAAda yaşagan, ikkinçi marta esa u bir yil ötirgaç, amnistiya bilan ozodlikka çiqarilgan.
Mavzuga oid
Ma'lumotlarga köra, Kolbayevni 2006 yilda Moskvada jinoyat olami vakillari «qonundagi öğri» sifatida tan olib, «toj kiydirişgan». U öşanda «Qirğiziston nazoratçisi» sifatida tayinlanadi va MDH hududidagi eng ta'sirli jinoiy avtoritetlardan biriga aylanadi. Öşa vaqtda u qamoqdan qoçib ketgani uçun qidiruvda edi.
Ammo Qirğiziston Içki işlar vazirligining öşa vaqtdagi rahbari Murat Sutalinov qirğizlar orasida birinçi «qonundagi öğri» paydo bölişining ijobiy tomonlarini körgandi.
«Endi, men öylaymanki, Qirğiziston jinoiy olamida ma'lum darajada barqarorlik vujudga keladi - tartibsizliklar va bezorilar kamroq böladi», degandi 2006 yilda Sutalinov Regnum agentligida Kolya-Qirğizning «toj kiyişi»ga munosabatini bildirar ekan.
2020 yil oktyabrida Kolbayev hibsga olinib, Qirğiziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 249-moddasi (Jinoiy taşkilot tuziş yoki unda iştirok etiş) böyiça tergov işlari boşlangan. Hibsga oliş Milliy xavfsizlik davlat qömitasi tomonidan amalga oşirilgan va jarayon videoga olingan.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş böyiça jinoyat işi doirasida hukumat Kolbayevdan 250 mln somni (3 mln dollar) qaytarişni talab qiladi. Ozod etilişidan oldin Kolbayev davlat xazinasiga 49,6 mln som (585 ming dollar) qaytargandi.
Japarov va Kolbayev
Talab qilingan mablağlarning barçasi qaytarilgaç, Kolbayevdan ayblovlar olinişi aniq emas.
Korrupsiyaga qarşi kuraş - Sadir Japarovning yangi hukumatining e'lon qilingan asosiy maqsadlaridan biridir. Saylovoldi kampaniyasi davrida uning asosiy kuziri - korrupsionerlar va sobiq siyosiy elita tomonidan öğirlangan mablağlarni iqtisodiy amnistiya yöli bilan qaytarib oliş va'dasi edi.
Japarov Kolbayev bilan taniş ekanini tan olsada, u bilan aloqalari borligini qat'iyan rad etadi / TASS
Muxoliflari Japarovning özini kriminal olam bilan aloqadorlikda, xususan, Kolbayev bilan döstlikda ayblaşgan. Japarovning özi bunday aloqa borligini rad etgan.
Dekabr oyidagi intervyularidan birida Qirğiziston prezidenti Kolbayev bilan tergov izolyatorida tanişib qolganini aytgandi.
«Tanişmiz. Bir-birimizni sirtdan taniymiz, bizni GKNB tergov izolyatorida ötirganimda yuzlaştirişgan. Men uni sirtdan bilaman. Ungaça u haqda faqat OAVdagi xabarlarda öqigandim. Tergovçilar bizni 2010 yilda bir iş böyiça söroq qilişdi. Öşanda biz bir-birimizga qarama-qarşi ötirgan holda tergovçilarning savollariga javob qaytarganmiz. Öşandan keyin uni körmaganman», degandi Japarov.
Şu bilan birga, oktyabr oyidagi namoyişlar vaqtida qamoqdan ozod qilingan Sadir Japarov namoyişlar yetakçisiga aylangaç, AQŞ elçixonasi Qirğizistondagi jinoiy guruhlarning siyosatga aralaşişi va saylov natijalarini hal qilişga urinişlaridan xavotir bildirgandi.
«Korrupsiya ramzi»
Kolbayev - 2020 yil oxirida GKNB tomonidan qölga olinib, oğir ayblovlarga qaramay qamoqdan qöyib yuborilgan mamlakatdagi yagona taniqli şaxs emas. Rasmiylar Bojxona xizmati boşliğining sobiq örinbosari Rayimbek Matrayimovga ham şu kabi marhamat körsatgan.
Matrayimov Qirğizistonda korrupsiya ramziga aylangan. Suratda Bişkekdagi kafelardan birida yoş yigitça Matrayimovning niqobini taqib turibdi
Matraimov - Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiya markazi (OCCRP), «Ozodlik» radiosi Qirğiz xizmati va Kloop.kg jurnalistlari tomonidan ötkazilgan bir neça şov-şuvli suriştiruvlarda asosiy figurant bölgan. Suriştiruvlar mualliflarining tasdiqlaşiça, Matraimov bojxonadagi korrupsiya orqali kamida 700 mln dollar pulni özlaştirgan.
AQŞning Qirğizistondagi elçisi bu suriştiruvni mamlakatda sönggi yillardagi eng muhim voqea deb atagan, ya'ni ötgan yil kuzidagi inqilob orqali mamlakatda hokimiyat almaşinuvidan ham muhimroq.
2019 yilda suriştiruvlar natijalari e'lon qilingaç, Matrayimov mamlakatda korrupsiyaning ramziga aylandi, poytaxtliklar aynan uning portretlarini kötargan holda korrupsiyaga qarşi mitinglarga çiqa boşlaşdi.
Vaqt ötib bunday aksiyalardan yoşlarning muxolif harakati - «Reaksiya» şakllandi. Harakatga jalb qilingan yoşlar hokimiyatga yangi kuçlar kelişidan keyin har haftada konstitutsion islohotlarga qarşi va mavjud hukumatning qonuniyligi talabi bilan tinç marşlar ötkaza boşladi.
Avvalroq AQŞ hukumati ham Matraimovni jinoiy javobgarlikka tortişga çaqirgandi, şuningdek, sobiq amaldor va uning rafiqasi «Magnitskiy röyxati»ga kiritilgandi - ularning aktivlariga sanksiya qöllangan va ular qator davlatlarda inson huquqlari buzuvçilari sifatida talqin qilingan, ularning AQŞga kirişi taqiqlangandi.
AQŞning öşa vaqtdagi davlat kotibi Mayk Pompeo tvitterdagi sahifasida bu qarorni olqişlagandi.
«Men qirğizistonlik sobiq amaldor Rayimbek Matrayimov va uning rafiqasini korrupsiyada ayblayman hamda ularning Magnitskiy röyxatiga kiritilişini mamnuniyat bilan qabul qilaman. Biz faqat birgalikda korrupsiyaga qarşi tura olişimiz va butun dunyo böylab inson huquqlarini buzuvçilarni javobgarlikka tortişimiz mumkin», deya yozgandi öşanda u.
Matraimovning özi barça ayblovlarni inkor etib keladi.
Mamlakatning avvalgi prezidenti ham jurnalistlarning suriştiruvlariga işonmagan va uni qölga olişga körsatma bermagan. Ammo namoyişlar vaqtida Sadir Japarov agar prezidentlikka saylansa, agar aybi isbotlansa Matrayimovni javobgarlikka tortişni va'da qilgandi.
Milliy xavfsizlik davlat qömitasi xodimlari Rayimbek Matrayimovni 20 oktyabr tongida bojxona tizimidagi korrupsiya işi böyiça qölga olişgandi. Tergov Matrayimov tomonidan davlat budjetiga keltirilgan zarar miqdorini 2 mlrd somga (24,7 mln dollar) baholagan. Sobiq amaldor bu mablağni tölagan, şundan söng uning mulkiga xatlov bekor qilingan.
Keyinroq sud Matrayimovni mamlakatni tark etmaslik şarti bilan qöyib yuboradi. Ammo tört oy ötib u yana qölga olindi, bu safar boşqa ayblov böyiça - jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni yuvişda gumonlanib. Hozirda Matrayimov soğligidagi muammolar tufayli xususiy klinikaga ötkazilgan.
Diplomatik sovuqçilik
AQŞning Qirğizistondagi elçixonasi birinçi marta Matrayimov haqida munosabat bildirganida, qirğiz rasmiylari uşbu bayonotlarga tanqidiy yondaşib, Qirğizistondagi vaziyatni mafiya haqidagi filmlar bilan taqqoslaş örinsizligini bildirgandi.
Bişkek va Vaşington munosabatlariga 2007 yilda Qirğizistonda amerikaliklar harbiy bazasiga qarşi namoyişlar bölib ötganida darz ketgandi
Bu ikki mamlakat örtasidagi diplomatik munosabatlar avvalroq, 2020 yilda qamoqxonada 70 yoşida vafot etgan huquq faoli tufayli buzilgandi. U Qirğiziston janubida 400ga yaqin kişining ölimi bilan yakunlangan etnik nizo vaqtida militsionerni öldirişda iştirok etişda ayblangandi.
AQŞ BMT bilan birga sud qarori adolatsizligi va mahbusning ahvoli oğirligi tufayli Qirğiziston hukumatidan Asqarov işini qayta körib çiqişni söragandi. Ammo hukmni qayta körib çiqiş töğrisidagi köplab xalqaro talablarga qaramay, sudning Asqarovni umrbod qamoq jazosiga hukm qiliş töğrisidagi qarori uning ölimigaça kuçda qoldi.
BMT ekspertlari öşanda Qirğizistonni inson huquqlarini mensimaslikda ayblagandi.
2015 yilda AQŞ hukumati Asqarovni Inson huquqlari himoyaçisi mukofotiga loyiq körganidan söng, Qirğizistonning öşa vaqtdagi prezidenti Almazbek Atamboyev AQŞ va Qirğiziston örtasida 1993 yilda imzolangan hukumatlararo hamkorlik şartnomasini bekor qiladi.
Natijada Vaşington Qirğizistonga moliyaviy kömak hajmini qisqartiradi.
AQŞning sobiq prezidenti Donald Trampning farmoniga köra, qirğizistonliklarning mamlakatga kirişi çeklanadi. Ma'lum vaqt davomida ular biometrik pasport yöqligi sababli AQŞga immigratsiya böliş yoki grin-karta lotereyasida qatnaşiş huquqiga ega bölişmaydi. Bu çeklovlar AQŞda yangi prezident Jo Bayden saylanganidan keyin bekor qilindi.