Prezidentimizning 2017 yil 29 dekabrdagi «Sirdaryo» issiqlik elektr stansiyasida energobloklarni bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoyişiga muvofiq, Rossiyaning «Silovyye maşiny» OAJ kompaniyasi tomonidan joriy yilda «Sirdaryo» IESning töqqizinçi va öninçi energobloklari modernizatsiya qilinadi.

Kuni keça modernizatsiya jarayonining 3-bosqiçiga start berildi.

Unda Rossiyaning «Silovyye maşiny» OAJ kompaniyasi hamda stansiyaning yetakçi mutaxassislari iştirok etişmoqda.

Modernizatsiyani amalga oşiriş hisobiga energobloklarning samaradorligi oşadi, har bir energoblokning quvvati 325 MVt ga yetkaziladi, 1 kVt/s uçun şartli yoqilği sarfi 40 grammga qisqaradi.

Natijada yiliga 180 mln. kub metr tabiiy gaz tejaşga erişiladi.

«2019–2020 yillarda uçinçi, törtinçi, beşinçi va oltinçi sonli energobloklarda modernizatsiya işlari muvaffaqiyatli amalga oşirildi, – deydi «Silovyye maşiny» OAJning generatorlarni modernizatsiya qiliş böyiça işçi guruhi rahbari Aleksey Terentev. – Navbatdagi ikkita energoblokning modernizatsiya işlari noyabr oyida töliq yakunlanadi va energobloklar töla quvvatga çiqariladi».

«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ
Matbuot xizmati