Departament xabariga köra, tadbir davomida Sirdaryo viloyati Davlat soliq boşqarmasi bölimi boşliği N.T. firibgarlik, ya'ni aldaş yoki işonçni suiiste'mol qiliş yöli bilan “O.” MÇJning 2020 yildagi qöşilgan qiymat soliği böyiça 230 mln söm salbiy farq summasini jamiyat hisob raqamiga qaytarilişini tezlaştirib beriş evaziga jamiyat hisobçisidan uşbu summaning 5 foizi, ya'ni 11,5 mln söm talab qilib, 1 000 AQŞ dollari va 900 ming sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. 

Mazkur holat yuzasidan N.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq, Aksilmonopoliya qömitasining Surxondaryodagi boşqarmasi mas'ul xodimi pora bilan uşlangandi.