Ayni vaqtda maşina haqidagi barça ma'lumot sir saqlanmoqda. Maşinaning tizer suratida uning ba'zi elementlarinigina, jumladan S-simon faralarini va kiçik ölçamli kapotini köriş mumkin.
Carscoops ma'lumotlariga köra, gap Toyota’ning köpçilik yangi modellari uçun asos qilib olinayotgan e-TNGA platformasida quriladigan elektr krossover prototipi haqida bormoqda.
Uşbu platforma Subaru bilan birgalikda işlab çiqilgan. Uning negizida quriladigan birinçi model ölçami böyiça RAV 4’ga teng krossover böladi. Avtomobil Volkswagen ID.4, Nissan Ariya va şu kabi maşinalar bilan raqobatlaşadi. Keyinroq Toyota’ning elektrokarlari qatori Suzuki bilan birga işlab çiqiladigan kiçik krossover, katta yöltanlamas hamda miniven va sedan bilan töldiriladi.
Yapon kompaniyasi 2025 yilgaça Yevropa bozoriga 60tagaça yangi yoki yangilangan modellar va ularning elektr agregatli modifikatsiyalarini çiqarişni rejalaştirmoqda. Maşinalarning işlab çiqarilişi kompaniyaning Yaponiyadagi yangi korxonasida yölga qöyilmoqçi. Bu korxonada faqatgina elektrokarlar işlab çiqariladi.












