Sanoat tarmog‘ining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ma'lum qilindi
2020 yil yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 28,5 foizni tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning jami sanoat sektori bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymat tarkibidagi ulushining 2019 yildagi 69,6 foizga nisbatan 76,5 foizgacha (2018 yilda – 72,0 foiz) o‘sishi qayd etildi.
Shu bilan birga, joriy davrda sanoatning jami qo‘shilgan qiymati tarkibida tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i ulushi 15,2 foizgacha pasaydi (2018 yilda – 23,0 foiz, 2019 yilda – 23,0 foiz).
2020 yil yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoatiga (mashina va uskunalardan tashqari) to‘g‘ri keldi va 40,5 foizga yetdi.
Mavzuga oid
13:44 / 21.11.2024
2025 yilda budjet taqchilligi qanday qoplanadi?
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
11:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda bu yil YaIM hajmi 110 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda
17:42 / 14.11.2024