Quriliş vazirligi tomonidan Navoiy viloyatida olib borilgan örganişlar natijasida aniqlangan noqonuniy qurilişlardan birini olib borayotgan kompaniya – «ZARAFSHON GOLDEN GROUP» MÇJ ta'sisçilaridan biri Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi a'zosi Uluğbek Fayziyev ekani ma'lum qilindi.

Davletovuz’ning aniqlaşiça, Uluğbek Fayziyev uşbu kompaniyaning 91,5 foizlik uluşiga egalik qiladi.
Quriliş vazirligi e'lon qilgan ma'lumotga köra, «ZARAFSHON GOLDEN GROUP» MÇJ tomonidan Zarafshon şahri 13-kiçik tumanida şaharsozlikka ruxsat beruvçi hujjatlarni rasmiylaştirilmagan hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmagan holda köp qavatli turar joy obektida quriliş-montaj işlari boşlangani aniqlangan. Uşbu holat yuzasidan ötkazilgan tekşiruv natijasiga köra, jamiyat mansabdor şaxsiga nisbatan ma'muriy javobgarlik qöllaş böyiça hujjatlar rasmiylaştirilib, sudga taqdim etilgan.

Ma'lumot uçun, «ZARAFSHON GOLDEN GROUP» MÇJ ta'sisçiligidagi «ZARAFSHON BUILDING» MÇJ tomonidan ham Toşkent şahrining Yakkasaroy tumani, Bobur köçasida noqonuniy quriliş olib borilgani aniqlangan edi.
Şuningdek, 2020 yil 6 avgust kuni «ZARAFSHON GOLDEN GROUP» MÇJ Navoiy viloyati Zarafshon şahrida 650 örinli karantin zonasini quriş böyiça Navoiy viloyati hokimligi «Yagona buyurtmaçi xizmati» IK bilan jami 8 mlrd 226 mln sömlik davlat xaridi böyiça şartnoma tuzgan.
UPD: «Zarafshan Golden Group» kompaniyasi Quriliş vazirligi saytida e'lon qilingan yuqoridagi holat böyiça öz munosabatini bildirdi.
Ma'lum qilinişiça, Zarafshon şahar hokimining 2020 yil 28 iyuldagi Q-214-sonli qarori bilan «Zarafshan Golden Group» MÇJga Zarafshon şahar 13-kiçik tuman hududidan, şaharning boş rejasiga asosan “Köp qavatli turar-joy binosi quriş uçun” 0,525 ga yer maydoni ajratib berilgan.









