Yuzaga kelayotgan elektr energiyasidagi yetişmovçiliklarni bartaraf etiş maqsadida Özbekiston va Tojikiston energetika tizimida hamkorlik yölga qöyilmoqda. Ya'ni aholining elektr energiyasi iste'moli ortgan vaqtda yuzaga keladigan talab şu orqali qondiriladi. Energetika tizimida bajariladigan bu loyiha uçun jami 14,7 mln dollar mablağ yönaltiriladi.

Taqdimotda iştirok etgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruv raisi Dadajon Isaqulov Tojikiston bilan uzilgan elektr liniyasi 2021 yilda qayta tiklanayotgani haqida gapirdi.

«Hozirgi kunda Özbekiston energetika tizimi Tojikiston bilan parallel işlamaydi. Örtada 64 km liniyamizni bir paytlar demontaj qilib olgan edik. Endi şuni qayta tiklayapmiz. Tojikistonda suvdan olingan elektr bilan keçki maksimumlarni qoplaşga va Tojikiston bilan parallel işlaş uçun qulay şaroit yaratadi.

64 km liniyani qurib bitirişga 14,7 mln dollar sarfalanadi va Tojikistonning Regar stansiyasi bilan özimizning Surxon podstansiyasini boğlaymiz», – deya joriy yilgi rejalar haqida ma'lumot berdi «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruv raisi Dadajon Isaqulov taqdimot paytida.