Kun.uz muxbiri xabariga köra, Bekzod Toşpölatov bu öquv yilida abituriyentlar oliy ta'lim muassasasiga kirişda neçta ta'lim yönalişini tanlaşlari mumkinligiga aniqlik kiritib ötdi.
“Avvalgi yillar tajribasini qaraydigan bölsak, 2018 yilda 3ta OTM yönalişida tanlaş imkoniyati, 2019-2020 öquv yilidan esa 5ta ta'lim yönalişini tanlaş imkoniyati yaratildi. 2021-2022 öquv yilida esa çeklanmagan miqdorda ta'lim yönalişini tanlaş imkoniyatini beriş taklifi kiritilgan. Özbekiston respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qiliş davlat komissiyasi bu taklifni körib çiqyapti. Hozirça bu noma'lum. Agar bu tasdiqlanadigan bölsa, bu haqda ommaviy axborot vositalarida va Davlat test markazi rasmiy saytida batafsil ma'lumot beriladi”,- dedi u.
Uning ta'kidlaşiça, ayni paytda Özbekistonda 5ta ta'lim yönalişini tanlaş imkoniyati amalda qoladi.
Avvalroq, bu yilgi test sinovlari ham stadion va xiyobonlarda ötkazilişi mumkinligi hamda test savollari Oliy ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi dasturlari asosida tuzilişi ma'lum qilingan edi.












