O‘zbekistonda bu yilgi test sinovlari ham stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi mumkin
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2021/2022 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlarini o‘tkazish bilan bog‘liq yangiliklar, tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, O‘zbekistonda bu yilgi test sinovlari ham stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi mumkin.
Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayevning so‘zlariga ko‘ra, Davlat test markazi tomonidan testlarni o‘tkazish bo‘yicha ikki xil ssenariy ustida ishlanmoqda.
Ular:
- test sinovlarini an'anaviy shaklda katta sig‘imli binolarda o‘tkazish;
- pandemiya sharoitida test sinovlarini 2020 yildagi kabi ochiq maydonlarda o‘tkazish.
Ma'lum qilinishicha, test sinovi o‘tkaziladigan joylar tanlanadi va reja-chizmalari tayyorlanadi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, 50,4 ming abituriyent uchun mo‘ljallangan 103ta yopiq bino, 60,5 ming abituriyentga mo‘ljallangan 66ta stadion va xiyobon tayyorlanyapti.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
Mavzuga oid

10:06 / 04.03.2025
Toshkentdagi maktabda stadion panjaralari qulab tushdi

16:45 / 28.01.2025
Britaniyada 14 kishiga fuqarolik olib berish uchun parik kiyib test topshirgan ayol hibsga olindi

17:23 / 12.12.2024
Rossiyada migrantlar uchun rus tili va tarix imtihonining yagona narxi belgilandi

17:15 / 02.12.2024