Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Test savollari Oliy ta'lim vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi dasturlari asosida tuziladi - DTM
Oliy ta'lim muassasalariga kirish testi savollari Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida shakllantiriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayev ma'lum qildi.
“Hozirda my.dtm.uz sayti takomillashtirilib, abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish uchun tayyorlanmoqda. Davlat test markazi tomonidan test savollari bazasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida shakllantiriladi. O‘sha dasturlarda belgilangan adabiyotlardan kelib chiqib, ekspertlar test savollarini tuzadi”, deya DTM mas'ulining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mirzayevning aytishicha, o‘tgan yili appelyatsiya jarayonida abituriyentlar tomonidan savollar bo‘yicha e'tirozlar bo‘lganda ham, aynan o‘sha dasturga kiritilgan adabiyotlardan ma'lumotlar isbot sifatida ko‘rsatilgan.
Ma'lumot uchun, ushbu o‘quv yili uchun test sinovlarida 1,6 mln nafar abituriyent ishtirok etishi kutilyapti. Hujjatlar onlayn tarzda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.
Avvalroq, O‘zbekistonda bu yilgi test sinovlari ham stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:29 / 11.07.2026
Sertifikatga ega qariyb 13 ming nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilindi
09:09 / 11.07.2026
Endi ovchilik guvohnomasi uchun kurs va testdan o‘tish talab etiladi
17:41 / 11.02.2026
2026 yilgi test imtihonlarida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
07:50 / 13.08.2025