Uçraşuv davomida sohadagi bir neçta kamçiliklar atrofliça muhokama qilindi. Jumladan, viloyat hokimi Davlatobod tumanida faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlariga tumandagi ayollar gözallik salonlarini qayta inventarizatsiyadan ötkaziş vazifasini yukladi.
"Menda yetarliça ma'lumotlar bor, gözallik salonlarida noqonuniy işlar judayam köpayib ketgan, bu yerda aytib ham bölmaydi. Mayli, u tadbirkor, işlasin, lekin keçasi işlab nima qiladi? Belgilangan vaqti, tartib-qoidasi bor", – dedi hokim.
Muloqot davomida viloyat IIB boşliği Odil Otaxöjayev tizimdagi xodimlarning uquvsizligini tanqid ostiga oldi.
"Tizimda işlayotganlarning 50 foizga yaqini uquvsiz, işga noloyiq. Asosiy qismini oliy ma'lumotli öqituvçilar taşkil qiladi, 30 nafar odamga dars öta olgan, bitta mahallaning işini eplolmaydimi, buning uçun akademiyani tamomlagan bölişi şartmas. Faqat vijdonan işlaş kerak”, – deydi Odil Otaxöjayev.
Uşbu uçraşuv davomida Namanganda jinoyatçilikka moyilligi bor yoşlar örtasida taşkil etiladigan mini futbol sovriniga hokim homiylik qilişini ham aytib ötgandi.






