Twitter ijtimoiy tarmoğida uning asosçisi Jyek Dorsi qoldirgan ilk tvit 2,9 mln dollardan köproqqa sotildi. Avvalroq Dorsi uşbu tvitni kimoşdi savdosiga qöygandi.
Kimoşdi savdosi tvitlar oldi-sotdisi uçun yaratilgan Valuables onlayn-auksionida ötkazilgan.
NFT tokeni körinişidagi lot sohibi Bridge Oracle kompaniyasi direktori Xakan Estavi böldi. Estavi u uçun 2 mln 915 ming 835 dollar tölagan.
Dorsi Twitter’dagi ilk tvitni 2006 yil 21 mart kuni joylaştirgan. Unda “just setting up my twttr” (“şunçaki tvitterimni sozlayapman”) degan yozuv bölgan.
just setting up my twttr
— jack (@jack) March 21, 2006
Dorsi uşbu tvitni 1 dollar boşlanğiç narx bilan 15 dekabrda sotuvga qöygan. 6 martgaça unga taklif qilingan eng yuqori summa 3500 dollarni taşkil etgandi. Dorsi öz sahifasida auksion havolasini joylaştirganidan söng takliflar keskin köpaygan.
Tvitni sotib olgan Estavi avvalroq unga 2,5 mln dollar taklif qilgan, biroq savdolar oxirida narxni 400 ming dollardan qöproqqa oşirişga qaror qilgan.
Avvalroq Dorsi savdolardan olinadigan barça pulni GiveDirectly jamğarmasining pandemiya şaroitida Afrika aholisiga yordam körsatişga qaratilgan dasturiga xayriya qilişini aytgan.
Ma'lum qilinişiça, xaridor tvitning özini emas, balki tvit muallifi imzosi bölgan raqamli sertifikatni qölga kiritadi. Tvitning özi platformada qoladi.
Raqamli sertifikatda tvit e'lon qilingan kun va vaqt, uning mazmuni va muallif kriptohamyonining raqamli imzosi böladi.
NFT tokenlari virtual mulkni sotib oliş yoki uni biror kimga topşiriş uçun qöllanadi.








