Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Turkiya 2022 yilda bölib ötadigan prezidentlik saylovlariga ta'sir körsatişga urinib körişini aytdi. «Navbatdagi saylovlarga aralaşişga uriniş bölişi ravşan. Tahdidlar oşkora, şuning uçun bunga raso aql bilan yondaşişimiz kerak», dedi Makron France 5 telekanalining Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan haqidagi hujjatli filmiga bergan intervyusida.

Şu bilan birga, Makron Turkiya bilan muloqotni zarur deb hisoblaydi. «Biz Turkiya Yevropadan yuz ögirmasligi va ekstremizmga yon bosmaligi hamda negativ geosiyosiy tanlov qilmasligi uçun qölimizdan kelganini qilişimiz darkor. Turkiya xavfsizlik va migratsiya masalasi böyiça bizning hamkordir», deya qöşimça qiladi u.

Ikki davlat örtasida munosabatlar ötgan yili Payğambar Muhammad (a.s.)ning karikaturasini söz erkinligi muhokamasida körsatgani uçun piçoqlangan tarix öqituvçisi Samuel Patining ölimidan söng keskinlaşgan edi.

Makronning Fransiya karikaturalarni naşr qilişdan voz keçmasligi haqidagi bayonotidan keyin Turkiya prezidenti fransiyalik hamkasbi haqida «u ruhan soğlommi yöqmi, tekşirib köriş kerak», degan edi.

Şundan keyin Fransiyaning Turkiyadagi elçisi Yeliseyda maslahatlaşiş uçun çaqirib olingan va Yeliseyda Erdöğanning sözlarini «toqat qilib bölmas» gaplar deb aytişgan edi.