2021 yil 24-25 mart kunlari Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi va Qirğiz Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining Özbekiston – Qirğiziston Davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça qöşma yiğilişi bölib ötdi.

ÖzA xabariga köra, tomonlarning delegatsiyalariga Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov va Qirğiz Respublikasi Davlat milliy xavfsizlik qömitasi raisi Qamçibek Toşiyev rahbarlik qildi.

Uşbu yiğiliş 11-12 mart kunlari Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov örtasida Toşkent şahrida bölib ötgan sammit yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlarga muvofiq taşkil etilganligi ta'kidlandi.

Muzokaralar yakunlari böyiça Özbekiston – Qirğiziston Davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça qöşma yiğiliş töğrisidagi bayonot imzolandi.

Yiğiliş oçiqlik, döstlik va hamjihatlik ruhida ötdi.