Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, respublikada fevral oyidagi işbilarmonlik faolligi indeksi ötgan yilning şu davriga nisbatan 3,4 foizga oşgan.
Xususan, Farğona viloyatida 51,3 foiz ösiş kuzatilgan va bu eng yuqori körsatkiç sifatida qayd etilgan. Keyingi örinlarda Buxoro (44,1 foiz) va Samarqand (35,2 foiz) viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida (34,5 foiz) sezilarli darajada ösiş kuzatilgan.
Ötgan oyda Özbekistonda işbilarmonlik faolligi indeksi yanvarga nisbatan 9,9 foizga oşdi. Bunda ösiş quyidagi tarkibiy qismlar darajasidagi özgarişlar bilan boğliq böldi:
- xöjalik yurituvçi sub'yektlarning bank hisobvaraqalaridagi operatsiyalar soni 19,6 foizga;
- faoliyat körsatayotgan xöjalik yurituvçi sub'yektlar böyiça komponent 1,3 foizga;
- tovar-xomaşyo birjasida xomaşyo sotib oliş jadalligi 6,8 foizga;
- tovar belgilari böyiça komponent 0,5 foizga oşgan.


Bank hisobvaraqalari böyiça operatsiyalar
2021 yil fevral oyida banklararo tölov operatsiyalari soni 4,3 mln. tani taşkil etgan va yanvarga nisbatan 715,4 ming tranzaksiyaga (19,6 foiz) oşgan.
Ötgan oyda respublikaning 14 ta hududida yuridik şaxslar örtasidagi bank operatsiyalari soni yanvarga nisbatan ösgan. Xususan, sezilarli darajadagi ösiş Xorazm (26,9 foiz), Qaşqadaryo (26,5 foiz), Sirdaryo (24 foiz), Jizzax (23,6 foiz) va Navoiy (23,5 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
Tovar-xomaşyo birjasidagi faollik
2021 yilning fevral oyida işbilarmonlik faolligi indeksining birja komponenti ötgan oyga nisbatan 6,8 foizga oşgan. Bunda bitimlar sonining 20,8 foizga köpayganligi bilan izohlanadi.






