27 mart kuni, Murad Buildings va NRG jamoalari bayramona kayfiyatda uzoq kutilgan tadbirni ötkazişdi, bu sana kompaniyalar tarixiga alohida kun sifatida kiradi. Şu kunning özida ikkita yangi va muhim öringa ega loyihalar taqdimoti bölib ötdi. Murad Buildings rahbari va NRG kompaniyasining asosçilaridan biri Murod Nazarov ikkita loyihani şaxsan özi ommaga havola qilib, kelgan mehmonlarni qutladi, ular bilan muloqot qilib, barça qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Tadbir AVALON biznes markazida joylaşgan Murad Buildings va NRG kompaniyalarining yangilangan markaziy savdo ofisida bölib ötdi. Endi barça qulayliklarga ega keng va haşamatli savdo ofisida bölajak mijozlar özgaça ehtirom ila kutib olinib, bu yerda har bir mehmon özining juda ardoqli ekanligini his etadi. Bundan taşqari, savdo bölimi menejyerlari juda nozik va öta talabçan bölgan mijozlarning talabini ham qondira oladigan tarzda yuqori darajada xizmat körsatişadi. Bugungi kunda kompaniyalar mijozlar uçun xonadon xarid qiliş uçun foydali va qulay takliflarni tayyorlab qöyişgan.

Tegişli brendlarni rivojlantiriş bilan boğliq bölgan tanaffusdan keyin Murad Buildings özining uzoq kutilgan loyihasi – Kislorod O2 klub uyini taqdim etdi. Bu ğoya loyihaning tanlangan konsepsiyasidan kelib çiqib, suv böyida joylaşgan, gullar va daraxtlar bilan bezatilgan çiroyli, qulay va mustahkam uyni özida mujassam etgan. Şuningdek, Kislorod klub uyi misli körilmagan qulayliklarni taqdim etib, nozik did egalarining talablarini qondirgan holda, şubhasiz yaxşi taassurot qoldirişga qodir. Kislorod klub uyi bu şaharning markazida joylaşgan, lekin şu bilan birga şovqin-surondan xoli, tabiat qöynidagi xotirjamlik va sukunat hukm suradigan keng maydondagi barça qulayliklarga ega yangi hayot tarzidir.














