29 mart kuni Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşining yiğilişi bölib ötdi. Unda soğliqni saqlaş va davlat xaridlari sohalarida korrupsiyaga qarşi kuraşiş muhokama qilindi.
Senat axborot xizmati Kun.uz'ga taqdim etgan ma’lumotga köra, Jizzax, Andijon, Navoiy va Xorazm viloyatlaridagi 59 ta quriliş obekti böyiça davlat xaridlarini amalga oşirişda moliyaviy xato va kamçiliklar, şuningdek, manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilgani aniqlangan.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi örganiş natijalari böyiça huquqni muhofaza qiluvçi organlar, vazirlik va idoralar hamda taşkilotlarga 13 ta taqdimnoma kiritib, 25 ta sörovnoma va 3 ta ogohlantiriş xati yuborgan. Bu sörovnomalar böyiça prokuratura organlari tomonidan 14 ta jinoyat işi qözğatilgan.

Yiğilişda kengaş raisi Tanzila Norboyeva davlat xaridlari sohasidagi muammolarga töxtaldi.
«Masalan, davlat xaridlarida manfaatlar töqnaşuvi va affillanganlik holatlarining oldini oliş, xususan buyurtmaçi, xarid komissiyalari a’zolari va iştirokçilar örtasida qarindoşlik yoki boşqa aloqalar mavjudligini aniqlaş böyiça mexanizmlar mavjud emas.
Şuningdek, «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonun talablari buzilgani, manfaatlar töqnaşuvi va affillanganlik holatlari natijasida davlatga köp miqdorda zarar yetkazilgan bölsa-da, xarid iştirokçilariga jinoiy javobgarlik belgilanmagan.
Şu bilan birga, ustav kapitalida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslar muassisligida taşkil qilinayotgan sub’yektlarning aksariyati davlat xaridlari portalida röyxatdan ötmay xöjalik faoliyatini amalga oşirmoqda, korporativ buyurtmaçilarning muntazam yangilanib boriladigan reyestri yuritilmayapti», – dedi Senat raisi.
Bu borada Aksilkorrupsiya agentligi (A.Burhonov), Moliya vazirligi (T.Işmetov) va Davlat xizmatlari agentligi (U.Muhammadiyev)ga 2 oy muddatda davlat xaridlarida manfaatlar töqnaşuvi va affillanganlik holatlarini axborot texnologiyalarini joriy qiliş orqali masofaviy aniqlaş va oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş vazifasi topşirildi.
Boş prokuratura (N.Yöldoşev), Aksilkorrupsiya agentligi (A. Burhonov) va Moliya vazirligi (T.Işmetov)ga 3 oy muddatda davlat xaridlarini amalga oşirişda manfaatlar töqnaşuvi va affillanganlik holatlari natijasida davlatga köp miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan taqdirda, yetkazilgan zarar miqdoridan kelib çiqib















