«Birodarim Ilhom Aliyevni yana bir bor Qoraboğ uçun janglardagi ğalaba bilan tabriklayman. Nasib bölsa, ramazondan keyin Şuşaga boramiz va bu yana bir bayram böladi. Turkiy mamlakatlar bu borada Ozarboyjonni qöllab-quvvatlaşda davom etişi kerak», degan Erdöğan.

2020 yil 27 sentyabr kuni boşlanib, 9 noyabrgaça davom etgan Ozarboyjon hamda Armaniston örtasidagi Qoraboğ uçun uruşda aynan Şuşaning zabt etilişi hal qiluvçi qadam bölgan. Özining tarixiy yerlarini qaytarib oliş yölida kuraşgan Ozarboyjon Şuşani qaytib olgaç, Armaniston tomoni taslim bölgan va Rossiya vositaçiligida uç tomonlama tinçlik şartnomasi tuzilgandi.

Kelişuvga köra, Ozarboyjon bir qator tumanlarni rasman qaytib oldi va uruş töxtatildi. Hududdagi tinçlikni rossiyalik «tinçlikparvar kuçlar» ta'minlaşi va ularga önlab turk askarlari hamrohlik qilişi aytilgandi. Ötgan asrning 90-yillaridagi Qoraboğ uçun janglarda turkiy xalqlar uçun muhim madaniy şahar bölgan Şuşa jiddiy zarar körgan. Ayni damda şaharda 4 ming atrofida odam yaşaydi.

Ma'lumot uçun, Erdöğan ötgan yil 10 dekabrda ham Ozarboyjonda bölgan va mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev bilan birga Qoraboğ uçun uraşdagi ğalaba şarafiga ötkazilgan harbiy paradda iştirok etgandi. Turkiya yetakçisi Qoraboğdagi uruş boşlanişi bilan Turkiya Ozarboyjonga har qanday yordam körsatişga tayyorligini ma'lum qilgan. Taxminlarga köra, Ozarboyjon tomoni jangda zafar quçişida aynan Turkiya tomoni taqdim etgan uçuvçisiz dronlar hal qiluvçi rolni öynagan.