Noformal sammitdagi oliy darajadagi uçraşuvlarda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov iştirok etmoqda.

Şuningdek, Şimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar va Vengriya boş vaziri Viktor Orban kuzatuvçi maqomida qatnaşmoqda.

Turkiya Respublikasi nomidan vitse-prezident Javdat Yilmaz iştirok etmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Yevropa çempionatining çorak finalidan örin olgan Turkiya–Niderlandiya uçraşuvida şaxsan qatnaşiş uçun Germaniyaga safar qilgan.

TDTning noformal sammining mavzusi “Transport, özaro boğliqlik va iqlim harakati orqali barqaror kelajakni bunyod etiş” deb ataladi.

Davlatlarning yetakçilari Örta koridorni mustahkamlaş masalalari hamda boşqa transport boğlamalarini muhokama qilişi kutilmoqda. Şuningdek, Ozarboyjon Respublikasi 11-22 noyabr kunlari BMTning iqlim özgarişi böyiça çeklovçi konvensiyasi tomonlarining 29-konferensiyasi (COP 29) ga tayyorgarlik köriş ham muhokama etiladi.

Tadbir doirasida bir qator qöşma hujjatlar imzolanganidan söng Qoraboğ deklaratsiyasi qabul qilinişi kutilmoqda.

TDT taşqi işlar vazirlari kengaşi sammit oldidan davlat rahbarlari qatnaşadigan tadbirlar va ular tomonidan imzolanadigan hujjatlarni muvofiqlaştirib olişgan.