Ozarboyjonning Qoraboğ viloyatidagi Şuşa şahri 2024 yil uçun Islom olamining madaniy poytaxti deb e’lon qilindi.

Bu haqda Qatar poytaxti Doha şahrida bölib ötgan Islom olami madaniyat vazirlarining 12-konferensiyasida ma’lum qilindi.

Qaror bir ovozdan qabul qilindi.

Şuşa şahri Ozarboyjon tarixiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy hayotining muhim markazlaridan biriga, jumladan, islom sivilizatsiyasi ramziga aylandi.

2022 yil Ozarboyjonda Şuşa yili deb e’lon qilindi. Şuşa madaniy hayotini jonlantirişni qöllab-quvvatlaş maqsadida musiqa bayramlari, şe’riyat kunlari, köplab mahalliy va xalqaro madaniy tadbirlar ötkazildi. Xalqaro Turkiy madaniyat taşkiloti (TÜRKSOY) Şuşa şahrini 2023 yil uçun turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qildi.

Şundan söng tadbirda Şuşa haqida videorolik namoyiş etildi. 

2020 yil 8 noyabr kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Şuşi şahri arman bosqinidan ozod qilinganini e’lon qildi. Şahar markazida Ozarboyjonning uç rangli bayroği kötarildi. 

Şuşa şahri 1992 yil 8 mayda Armaniston qurolli kuçlari tomonidan egallab olingan.