Şuşa “Qoraboğ durdonasi”, “Kavkaz san’ati markazi” va “ozarbayjon musiqasi beşigi” nomlari bilan ma’lum. Şahar bir qator taniqli fan, madaniyat va san’at arboblari vatanidir.

2021 yildan buyon Şuşa Ozarboyjonning madaniy poytaxti hisoblanadi, 2023 yilda esa turkiy dunyo madaniy poytaxti deb e’lon qilingan.

Joriy yilda Xiva şahri va Şuşa şahri örtasida birodarlik aloqalari örnatildi.

Oliy martabali mehmonlar şahar bilan tanişuvni 1883 yilda barpo etilgan Soatli masjididan boşladilar.

Söng Ozarboyjon umummilliy yetakçisining yuz yillik yubileyiga bağişlab ötkazilgan “Haydar Aliyev va Qoraboğ” fotokörgazmasi bilan tanişildi.

Şuşaning boş maydoniga taşrif buyurildi. Bu yerda Ozarboyjon madaniyatining atoqli arboblari – Xurşidabonu Notavon, Bulbul, Uzeyir Xojibeyli byustlari örnatilgan.

Özbekiston tomoni katta qiziqiş bilan şahar aholisini içimlik suvi bilan ta’minlab kelgan “Xon qizi” buloği, Ozarboyjonning taniqli san’at arbobi Bulbulning uy-muzeyi, “Mehmondorovlar uyi” me’moriy yodgorligi hamda ötmişda otçoparlar örtasida musobaqalar ötkazilgan maşhur Jidir tekisligi bilan tanişdilar.  

Şu bilan Prezidentimizning Ozarboyjonga davlat taşrifi dasturidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Davlatimiz rahbari Toşkentga jönab ketdi.