Jahongir Ortiqxöjayev avvalo aniq bir sohani tanlaş va uni professional darajaga olib çiqiş mumkinligiga urğu berdi.
«Prezidentimiz tomonidan butun respublika böylab yoşlarga katta e'tibor berilmoqda. Har bir yoş bekor qolmasdan ilm yoki iş bilan şuğullanişiga keng imkoniyat ham yaratib kelinmoqda. Şu jumladan, Toşkentda ham köpgina işlar olib borilmoqda. Maqsadimiz Toşkentda birorta bekorçi, işsiz yoşlar qolmasligi, ilm olişni xohlagan ilm egallaşi uçun yöl oçib beriş. Buning uçun barça imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz.
«1+1» tizimi asosida bir kompaniyaga bir nafar yoşni kasb örgatişga biriktiryapmiz, Toşkent şahrida 87 mingdan ortiq şirkatga bittadan odam biriktirganimizda 87 ming odamni iş bilan ta'minlaş imkonimiz bölar ekan.
Ammo şu bilan birga yoşlar özlari ham aniq bir kasb yoki sohani uşlaşi kerak. Muammo şundaki, aksariyat yoşlar ön-ön beş xil işga özini uryapti. Öylaymanki, hamma sohada ham içiga kirib professional körinişga olib çiqiş, yaxşi daromad topiş mumkin. Misol uçun, yoşlar IT, bank sohalariga qiziqyapti-yu, lekin bilmaydiki, oddiy maşina krançi öşa kasblardan köra uç baravar köp oylik olyapti.
Aytmoqçimanki, hamma hozirgi kunda yaxşi pul topayotgan sohalar bilan bir qatorda, boşqa-boşqa sohalarda özlarini sinab körişlarini maslahat beraman. Öşa sohalarni ham professional muhitga aylantiriş mumkin», deya fikr bildirdi Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev.
Jahongir Ortiqxöjayev: «Tadbirkorlik boşlaş niyatidagi yoşlarga kredit olişni tavsiya qilmayman»










