3 aprel kuni taniqli yozuvçi Ğaffor Hotamov vafot etdi. 4 aprel kuni Toşkent şahrida marhumning dafn marosimi bölib ötdi.
Ğaffor Hotamov 1953 yilning 25 aprelida Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi Ğujboğ qişloğida dehqon oilasida tuğilgan. 1974 yilda Toşkent Davlat pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan.
Mehnat faoliyatini respublika bolalar gazetasi tahririyatida boşlagan. «Toşkent oqşomi», «Özbekiston ovozi» gazetalari, «Yoşlik» jurnali tahririyatida, Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va san'at naşriyotida xizmat qilgan. Keyinçalik «Yoşlik» jurnali hamda «Turkiston» gazetasining boş muharriri lavozimida işlaydi.
Ğaffor Hotamovning dastlabki hikoyasi «Tong va şom» 1976 yili «Guliston» jurnalida, «Xat taşuvçi bola» nomli ilk hikoyalar töplami esa 1978 yilda naşr etilgan. 1980 yil «Qaytiş», 1985 yil «Quduq tepasidagi oy», 1998 yili «Azal va abad», 1990 yili esa «Tohir va Zuhraning kulmagan baxti» qissalari «Yoşlik» jurnalida e'lon qilinadi.
Ğaffor Hotamov «Quduq tepasidagi oy» qissasi va «Evriliş» badiasi uçun Özbekiston yoşlar taşkilotining mukofotiga sazovor bölgan. Uning asarlari qator xorijiy tillarga tarjima qilingan.







