Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanida hokimlik zaxirasidagi maydondan 1 gektar yerni issiqxona quriş uçun olib bermoqçi bölgan şaxs uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Boş prokuratura huzuridagi departamentning Jizzax viloyati boşqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda DXX viloyat boşqarmasi hamkorligida ötkazilgan tadbirda «yer sotayotgan» firibgar qölga olingan.

Ma'lum bölişiça, Şarof Raşidov tumani Saroylik mahallasida yaşovçi, 1976 yilda tuğilgan şaxs, 1979 yilda tuğilgan boşqa bir şaxsning işonçiga kirib, tuman hokimligi zaxirasida bölgan maydondan issiqxona quriş uçun 1 gektar yer maydonini olib berişni va'da berib, undan 5 ming dollarni olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoiy iş qözğatilgan. Hozirda tergov işlari olib borilmoqda.