Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maslahatçisi Valentin Yumaşev va uning xotini Tatyana Yumaşeva Karib dengizidagi Sen-Bartelemi orolida villa sotib olgan. Bu haqda antikorrupsion taşkilotlar bölgan «Transperensi interneşnl – Rossiya» va «iStories»ning birgalikda olib borgan suriştiruvida aytilgan.

Fransiyadagi tijoriy reyestrlardan biri 2020 yil Yumaşevlar aynan Sen-Bartelemi orolida CDA kompaniyasini qölga kiritganini röyxatga olgan. Bu korxona köçmas mulk savdosi bilan şuğullanişi belgilangan. Savdo vaqtida Yumaşevlar Karib havzasidagi Sen-Bartelemi orolida villa ham sotib olgan. Okean sohilidan 160 metr yuqorida joylaşgan 2,5 ming kvadrat metr villa 15 million yevroga baholangan. Oldi-sotdi şartnomasiga Valentin Yumaşev CDA kompaniyasi vakili sifatida qöl qöygan.

Yumaşev suriştiruv davomida villa unga tegişli ekanini tasdiqlagan. Uning aytişiça, qimmatbaho villani işlab topgan va soliği tölangan pullariga sotib olgan. Yetmaganiga esa Rossiyadagi bir bankdan kredit olgan.
Ma'lumot uçun, Valentin Yumaşev Rossiya prezidentining köngilli asosdagi maslahatçisi hisoblanadi. U bu lavozimda 1998 yildan buyon işlab kelayotgani 2018 yildagina ma'lum böldi. Yumaşevning xotini Tatyana Rossiya birinçi prezidenti Boris Yelsinning qizi. Hozir ular «Yelsin markazi»ning vasiylik kengaşi a'zosi hisoblanadi.

Yelsinning kuyovi Valentin Yumaşev 1997-98 yillarda prezident administratsiyasi rahbari bölgan. Tatyana Yumaşeva esa otasi prezident bölgan 1996-99 yillarda unga maslahatçi bölgan. Er-xotin Yumaşevlar rasman Rossiya siyosiy hayotini tark etgan bölsa-da, hamon mamlakatning ta'siri katta insonlari qatorida tilga olinadi.

2010 yil Tatyana Yumaşeva Fransiyada köçmas mulki borligi haqida savolga javob berar ekan şunday degandi: «Dunyoda menga tegişli ekani aytiladigan köçmas mulklar juda köp. Sizga bir gapni aytaman, kimki dunyoning biror nuqtasida göyoki menga tegişli ekani aytilgan köçmas mulkni körib qolsa, bemalol öziga olaversin, men ruxsat beraman».








