Joriy yilning 1 aprel kuni Royal CE Yevropaga muvofiqlik sertifikatini qölga kiritdi. Endilikda Royal öz mahsulotlarini Yevropaning har qanday mamlakatiga eksport qilişga va faqat sertifikatlangan mahsulotlar tan olinuvçi bozorlarga çiqişga haqli.
Se (Conformité Européenne) abbreviaturasi fransuz tilidan Yevropaga muvofiq deb tarjima qilinadi. Uşbu tamğa Royal suv isitkiçlari sifati Yevropa Ittifoqining barça talablariga javob berişini anglatadi. Royal mahsulotlari bir qator amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli ötdi va quyidagi Direktivalarga muvofiqlik sertifikatlariga ega böldi:
1. 2014/30/ EU Elektromagnit moslaşuv töğrisida Yevropa Ittifoqi Direktivasi (Electromagnetic compatibility EMC).
Royal suv isitkiçlari işlaşi davomida radio, telekommunikatsiya va boşqa uskunalarning iş faoliyatiga ta'sir qilişi mumkin bölgan elektromagnit şovqinlarini hosil qilmaydi.
2. 2014/35/EU Past voltli uskunalarning elektr xavfsizligi böyiça Yevropa Ittifoqi Direktivasi (Low Voltage Directive LVD).
Uşbu Direktiva odamlar va hayvonlarning hayoti va soğligi, şuningdek mulk uçun elektr asboblaridan foydalaniş xavfsizligini yaxşilaşga qaratilgan. Bu degani Royal mahsulotlari töğri örnatilganda va işlatilganda, iste'molçilar uçun elektr tokidan, yuqori harorat yoki nurlanişdan mutlaqo xavfsiz.

Öz ustida muntazam işlab, mahsulot sifatini doimiy ravişda yaxşilab borayotgan Royal korxonasi kundan kunga rivojlanib bormoqda, CE Yevropaga muvofiqlik sertifikati esa buning yaqqol dalilidir. Kelgusida Royal yanada köproq muvaffaqiyatlarga erişişni va iste'molçilarga bundan-da sifatli va zamonaviy mahsulotlarni taqdim etişni öz oldiga maqsad qilib qöygan.
Reklama huquqi asosida








