Prezident tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun yaratilayotgan şaroitlarga qaramasdan Navoiy va Qaşqadaryo viloyatlarida holat yomonligini tanqid qilgan. Xususan, davlat tomonidan berilgan har 1 milliard söm moliyaviy kömak hisobiga Navoiyda bor-yöği 15ta iş örni yaratilgani ma'lum böldi.

«Har bir hokim bilib olsin – hozir xarajatimiz daromadimizdan 14 trln sömga köp bölyapti. Axir tadbirkorlikni rivojlantirmasak, bu mablağni qayerdan topamiz?

Tadbirkorlik uçun ajratilgan kreditlar ötgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga (25,6 trillion söm berilgan) ösdi.

Lekin, ayrim hudud va sektor rahbarlari yaratilgan bu imkoniyatlardan haligaça töliq foydalana olmayapti.

Viloyat hokimlari – sizlardan talab qattiq böladi. Men ham hokim bölganman, lekin mening nomzodim ötmasdi, apparatdan qöyilardi kadrlar. Men sizlarga töliq vakolatni berganman-ku, qani natija?» degan davlat rahbari.

Prezident viloyat, tuman va şaharlar rahbarlari joylarda kiçik biznes vakillari bilan umuman muloqot qilmayotganini tanqid qilgan.

«Şu sababli, Qaşqadaryo viloyati hokimining birinçi örinbosari Bötayev, soliq boşqarmasi boşliği Bozorov, markaziy bank rahbari Rajabov, Navoiy viloyati hokimining birinçi örinbosari Hasanov, markaziy bank rahbari Saidov va soliq boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Muhammadiyevlar lavozimidan ozod etiladi», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Odil Hasanov 2020 yil fevralidan buyon Navoiy viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Odil Hasanov

Muqaddam Savdo-sanoat palatasi raisi örinbosari sifatida işlagan Ötkir Bötayev 2019 yil oktyabrida Qaşqadaryo viloyati hokimining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.