Italiya boş vaziri Mario Dragi Turkiya prezideni Rajab Toyyib Erdöğanni Yevropa ittifoqi vakillari - Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen va Yevrokengaş prezidenti Şarl Mişel bilan muzokaralarda özini nomaqbul tutişda aybladi. Dragi fon der Lyayyenga Anqarada ötgan uçraşuv vaqtida ötirişi uçun kursi berilmaganiga şunday izoh berib, Erdöğanni “diktator” deb atagan. 

Dragi Erdöğan nomiga bunday keskin tanqidni 8 apreldagi matbuot anjumani davomida bildirgan.   

“Men Erdöğanning Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyenga nisbatan munosabatini qöllab-quvvatlamayman, uni nomaqbul deb hisoblayman va Yevrokomissiya rahbari kamsitilganidan afsusdaman”, deb aytgan Italiya boş vaziri.  

Dragi voqea ortida Turkiya rahbarini “diktator” deb ta'riflagan, biroq u bilan hamkorlik qiliş kerakligini ta'kidlab ötgan. 

“Biroq hamkorlik qilişimiz kerak bölgan bunday diktatorlar bilan öz pozitsiyangizni tasdiqlaş uçun oçiq, biroq öz davlatingiz manfaati yölida hamkorlik qilişga tayyor bölişingiz kerak. Bunda töğri balansni topiş lozim”, deb javob bergan Dragi Erdöğan haqidagi savolga.  

Şundan keyin Italiyaning Turkiyadagi elçisi Turkiya taşqi işlar vazirligiga çaqirtirilgan.   

“Taşqi işlar vaziri örinbosari Farruh Qaymoqçi elçiga Italiya boş vazirining Yevropada umumxalq saylovida eng yuqori körsatkiç bilan qöllab-quvvatlangan prezidentimiz nomiga aytgan sözlarini keskin qoralaşimizni aytdi”, deb ma'lum qilingan Turkiya taşqi işlar vazirligida. Vazirlik bunday “qöpol va xunuk” bayonotlar “Turkiya va Italiyaning döstona va ittifoqçilik munosabatlariga” töğri kelmasligini va Italiya boş vaziridan öz sözlarini darhol ortga qaytarib olişini kutayotganini ta'kidlab ötgan.           

“Italiya elçisiga protokollarni bilmay turib, Yevrokengaş va Yevrokomissiya rahbarlarining davlatimizga taşrifi böyiça bayonotlar berilişi nomaqbul ekani yetkazildi”, deb qöşimça qilingan Turkiya taşqi işlar vazirligida.  

“Biz Italiya boş vaziri Dragining bunday populistik sözlarini va prezidentimiz nomiga bildirgan kurakda turmaydigan izohlarini keskin qoralaymiz”, deb yozgan öz navbatida Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlut Çovuşöğlu tvitterda.  

Erdöğanning Yevropa ittifoqi vakillari bilan uçraşuvi 7 aprelda Anqarada bölib ötgandi. Öşanda uçraşuv taşkilotçilari muzokaralar iştirokçilariga faqat ikki kursini hozirlab qöyişgan. Ulardan birini Erdöğan, ikkinçisini esa Yevrokengaş rahbari Şarl Mişel egallagan.